Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha


Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining o’zaro bog’liqligi


Download 0.82 Mb.
bet3/16
Sana25.09.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1687850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORLAR

1.2.Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining o’zaro bog’liqligi
Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi:



  • Jahon valyuta tizimi – milliy va zahira valyutalar, xalqaro jamoaviy valyutalar, o’zaro konvertirlash shartlari, valyuta pariteti, valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro mexanizmlaridan tashkil topgan.

  • Xalqaro hisob-kitoblar – moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari, tovarlar xarakati, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar bilan bog’liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to’lov balansiga xizmat qiladi.

  • Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrumentlar savdosi mexenizmlari – valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar.

  • Xalqaro soliqqa tortish – pul mablag’lari fondlarini shakllantirish metodi sifatida.

  • TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni asosiy o’ringa chiqadi.


Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo’nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo’ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro kreditni to’lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o’sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo’ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.
.Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o’zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro’y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida birlashadi.
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi.

Xalqaro moliya tizimining asosiy funktsiyalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:



  • valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi;

  • valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish;

  • xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish;

  • kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish;

  • mazkur funktsiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling