Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha
§ egalik qilish huquqini tasdiqlovchi
Download 0.82 Mb.
|
XALQARO MOLIYA BOZORLAR
§ egalik qilish huquqini tasdiqlovchi; § dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad olishni ko‘zlovchi; § emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro mulkiy munosabatni bildiruvchi; § boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli hujjatlar qimmatli qog‘ozlar deb yuritiladi. Ular blankalar, sertifikatlar shaklida yoki hisob varaqlardagi yozuv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ular hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida ham foydalaniladi. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi maqsadlar uchun chiqariladi: Ø Joriy-yildagi budjet taqchilligini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish. Markaziy Bank krediti yoki qo‘shimcha pul massasini muomalaga chiqarishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo‘li bilan budjet taqchilligini qoplash afzalroq hisoblanadi. Chunki kredit resurslaridan foydalanish kredit bozorining boshqarilishini qiyinlashtirishga olib keladi. Shu sababli iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning tajribasida kredit resurslaridan foydalanishga davlat tomonidan ma’lum chegaralar qo‘yiladi. Budjet taqchilligini qo‘shimcha pul massasini chiqarish yo‘li bilan to‘ldirish esa muomalada real aktivlar bilan to‘ldirilmagan to‘lov vositalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida inflyatsiyaga va pul muomalasining buzilishiga olib keladi. Ø Davlatning ilgarigi qarzlarini qoplash. Bu yerda ham Markaziy bank kreditidan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular vositasida qoplash ancha kam chiqimdir. Ø Investitsiya uchun qo‘shimcha manba yaratish. Yangi firmalar ochish, amaldagi ish joylarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda korxona, firma, tashkilotlarga bank kreditidan ko‘ra qimmatli qog‘ozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ø Davlat budjetining kassaviy majburiyatlarini ta’minlash. Ø Soliq to‘lovlarining notekis tushumlarini barqarorlashtirish. Ø Mahalliy boshqaruv oganlari tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlanish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash. Masalan, mahalliy boshqaruv organlariga o‘z obligatsiyalarini chiqarishga ruxsat berilgan. Ulardan tushgan pul mablag‘lari, asosan, mahalliy hududlarni obodonlashtirishga, ekologiyani yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy, maishiy xizmat obyektlarini qurishga va ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mahalliy obligatsiyalarni sotib oluvchi investorlarga, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida, mahalliy soliqlardan ozod etish kabi imtiyozlar ham taqdim etilishi mumkin. Shuning uchun ham mahalliy obligatsiyalar soliqlarga tortiluvchi boshqa turdagi barcha obligatsiyalarga nisbatan ko‘proq d aromad keltiradi. Ø Tijorat banklarini likvidli zahira aktivlari bilan ta’minlash. Shu maqsadda davlat bozor muomalasida bo‘lmaydigan qarz majburiyatlarini chiqaradi. Bu majburiyatlar asosan xalqqa sotilishi mo‘ljallangan bo‘lib, sotib olgan kishi ularni boshqa birovlarga sota olmaydi va belgilangan muddat kelmaguncha qarzga barcha o‘z pullarini davlatdan qaytarib ololmaydi. Shunday qilib, hamma qimmatli qog‘ozlar daromad keltiruvchi bo‘lib, bozorda ham, boshqa bozorlarda bo‘lgani kabi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatda yuzaga keladi. Bu yerda tovarlar sifatida qimmatli qog‘ozlar namoyon bo‘ladi. Ular bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlari kimoshdi savdosi va banklarda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori – bozor iqtisodiyotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri. U moliya bozorining bir qismi bo‘lish bilan birga jamg‘armalarni to‘playdigan va keyinchalik iqtisodiyotga investitsiyalash hamda uning ishlab chiqarish quvvatini takomillashtirish uchun ularni moliya aktivlariga aylantiradigan kanal vazifasini o‘taydi. Qimmatli qog‘ozlar bozori bank krediti tizimini to‘ldiradi va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Tijorat banklari, odatda kreditni bir-yildan ko‘p muddatga bermaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozori esa, ishlab chiqaruvchilarga ancha ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini amalda istalgan muddatga hamda bank kreditiga nisbatan foydaliroq shartlarda jalb qilishga imkon beradi. Bu bozor boshqa bozorlar kabi, talab va taklif duch keladigan oldi-sotdiga doir iqtisodiy munosabatlar tizimidan iborat. Qimmatli qog‘ozlar bozori ham boshqa bozorlarga o‘xshab talab va taklifga binoan amal qiladi. Bu yerda talab asosan ikki yo‘nalishda bo‘ladi: - investitsiyani moliyalashtirish maqsadida korxona, korporatsiya va davlat tomonidan kredit olish; - uy-joy, ko‘chmas mulk egasi bo‘lish maqsadida aholi va xususiy sektor tomonidan qimmatli qog‘ozlarni kreditor (qarz beruvchi) sifatida sotib olish. Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan: - birlamchi bozorlarga; Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling