Xalqaro moliya-kredit
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
Download 124.18 Kb.
|
XM -1-ON
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
18-variant Qimmatli qog’ozlar turlari va ularning xususiyatlari Svop operatsiyalari. Valyuta svoplari. Keys topshiriq. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy mezonlar Quyidagilardan qaysi biri toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisoblanadi? Javobingizni izohlang. a) Kanada investitsion jamgʻarmasi AQSh moliya vazirligining 50 ming dollarlik veksellarini sotib oladi; b) Fransiya banki Shvetsiyaga tegishli avtomobillar ishlab chiqaruvchi korxonasining 10 ming dollarlik aksiyalarini sotib oladi. Mazkur korxonaning jami aksiyalari qiymati 250 min dollarga teng; c) Yaponiya va Xitoy korxonalari Shanxayda qoʻshma konsalting firmasini barpo etishdi. Mazkur firmaning aksiyalarini ikki tomon teng boʻlib olgan; d) Jahon banki Oʻzbekistonga ijtimoiy sohani isloh etish uchun 500 ming dollar kredit berdi. Kafedra mudiri J. Ataniyazov 19-variant To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi. Pul muomilosi sohasidagi inqiroz va valyuta inqirozning mohiyati hamda farqlari. Keys topshiriq. Xalqaro kredit reytinglarining milliy iqtisodiyotga ta’siri Xalqaro reyting agentliklari so’nggi haftalarda muntazam ravishda gazetalarning birinchi sahifalarida va eng yaxshi yangiliklarda o’rin egallamoqda. Afsuski, agentliklar faoliyati bo’yicha o’tkazilgan jamoatchilik so’rovnomasi yakunlari shuni ko'rsatadiki, jamoatchilik reytinglar nima uchun kerakligi, ular kimga foyda keltirishi, agentliklarning biznes modeli qanday ishlashi kerakligi haqida to’liq ma’lumotga ega emasliklarini ta’kidlashgan. Kredit reytinglari emitentlarni (kompaniyalar, shtatlar, mintaqaviy hokimiyat organlari) xorijiy yoki milliy valyutada ma'lum vaqt davomida o'z majburiyatlarini bajarmaslik ehtimoli bo'yicha baholash usulidan boshqa holatni ifodalamaydi. Agar A va undan yuqori toifadagi obligatsiyalarning yagona emitentlari uchun defolt har yili ro'y bermasa, C va undan past "defolt oldi" obligatsiyalari uchun jami defolt stavkasi 1978 yildan 1981 yilgacha 69% ni tashkil qildi. Turli xildagi fors major holatlari kuzatilmagan davrda reytinglar asosan ma'lum investitsiyalarni maqbul va investitsiya cheklovlari ro'yxatiga kiritish uchun ishlatiladi. Shuni qayd etish lozimki, reytinglar (ayniqsa, suveren reytinglar) mamlakat iqtisodiyotining o'sish salohiyatini yoki kompaniyaning investitsiya salohiyatini emas, balki faqat qarzni to'lash qobiliyatini baholaydi. Xalqaro kredit reyting agentliklari faoliyatida “Suveren kredit reytingi maksimal chegarasi” degan tushuncha mavjud bo’lib, bank yoki kompaniyaning reytingi biznes joylashgan mamlakatning suveren reytingidan yuqori bo'lishi mumkin emasligini izohlaydi. Reyting agentliklariga bo’lgan qiziqish urush, pandemiya, fors major holatlari yuz berganda va inqiroz sharoitida korxonalarning "Sifatga intilishi" boshlanganda namoyon bo'ladi. Bunday paytlarda har bir reyting shkalalari o'rtasida sezilarli farq bo'ladi. Masalan, agar defoltlar faqat qarzning bir qismi bo'lsa, S&P 1998 yilda Rossiya uchun maxsus yaratilgan SD (tanlangan defolt) reytingini qo'llaydi. Agar emitent tomonidan ma'lumotlar boshqaruvi markazlashmagan bo'lsa, reyting agentligi kompaniya yoki mamlakatning “to'lov qobiliyatini”, ya'ni uning moliyaviy holatini yetarli darajada baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ammo mamlakatlarning to'lovga qobiliyatligini baholash qiyin jarayon hisoblanib, bu ko'pincha shaxsiy omillarga yoki demokratik jarayonning natijalariga bog'liq. Boshqa tomondan, emitentlarga maxsus yig'imlarni joriy etish orqali investorlarga reytinglarni moliyalashtirishga qaratilgan urinishlar murakkabligi tufayli haligacha amalga oshmadi. Umuman olganda, moliyaviy inqirozlarning butun tajribasi shuni ko'rsatadiki, reyting agentliklari kompaniyalar tomonidan keladigan ma'lumotlarni faol ravishda yangilab borishi kerak. Emitentlarning o'z qarzlarini to'lashga tayyorligini to'g'ri baholash va emissiya hujjatlariga cheklovlarni joriy etish qobiliyati kuchli investorlarni zaiflardan ajratib turadi. Mashhur Maykl Milken 30 yil avval reyting tizimidagi kamchiliklardan foydalanib, o‘z mijozlari uchun milliardlab pul ishlab topgan. Ko'pincha, reyting darajasiga kompaniya yoki suveren davlatning kredit sifatidagi o'zgarishlar emas, balki uning mashhurligi yoki agentlikka javob berish qobiliyati ta'sir qiladi. Savol va topshiriqlar Xalqaro reyting agentliklarining ahamiyatini qanday tushunasiz? Nima uchun ko'pgina moliya institutlari o'zlarining investitsiya siyosatini taklif qilingan reytinglar natijalariga ko'ra shakllantiradilar? O’zbekistonning xalqaro suveren kredit reytingi holati va uning o’zgarish tendentsiyalarini baholang. Download 124.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling