Xalqaro moliya-kredit
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etildi
- Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha
- Yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha
- Mol-mulk va yer solig‘i, shuningdek ushbu soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha
Manba: Kun.uz
Xulosa qilib aytganda Quyidagi jadvalda qqsning 3 yillik foiz stavkalari aks etirilgan bo’lib, mamlakatimizda qariyb 19 yildan buyon bir xil 20 foiz deb belgilangan bo’lsa ilk bor, qqs ning stavkasi 2019- yil 5 % foizga kamaytirildi . bu bilan davlat byudjetiga zarar qoplanmasi aksiz solig’I hisobiga tenglashtirilib 2019 – yildan boshlab aksiz soligi , aksiz osti tovarlar turlariga binoan 15 % 20%, 25% ga oshirildi . bu o’z navbatida aholi ehtiyoji uchun birlamchi bo’lmagan tovarlar ustidan yanada nazoratni kuchaytiradi. Shuni ham ta’ kidlash joizki hozirgi pandimiya sharoitida amaldagi soliqlardan soliq to’lovchilarga bir qator imkoniyatlar berilmoqda. Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son farmoniga asosan quyidagilar 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha bo‘lgan davrda mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi: kichik tadbirkorlik sub'yektlari; bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport- sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar. Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etildi: prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalari; 2020 yil 15 may holatiga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari kichik tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanadi. Mikrofirma va kichik korxonalar toifasidagi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 275-sonli qarorining 1-ilovasidagi Klassifikatorlarga muvofiq kichik biznes sub'yektlariga mansubligi amalga oshiriladi. Soliq organlari yakka tartibdagi tadbirkorlarning mol-mulk va yer uchastkalari joylashgan joyi bo‘yicha mustaqil ravishda, berilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda budjetga to‘lanadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalariga tuzatish kiritadi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 417-moddasiga asosan soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma'lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Yuqorida qayd etilgan toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan soliq to‘lovchilar soliq obekti joylashgan joydagi soliq organlariga 2020 yil uchun mol-mulk solig‘i bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha aniqlashtirilgan ma'lumotnoma taqdim etishlari shart, bunda: aylanmadan soliq to‘lovchilar ma'lumotnomaning 1402-satrida 2020 yil aprel va may oylari uchun, 1403-satrida esa, sentabr oyi uchun soliq summalarini ko‘rsatadilar; qolgan soliq to‘lovchilar ma'lumotnomaning 1406-1408-satrlariga “0” qo‘yadilar. Bunda, aniqlashtirilgan ma'lumotnomaning 140-satrida ko‘rsatilgan mol-mulk solig‘i summasi o‘zgarishsiz qoldiriladi. Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020 yil aprel va may oylarida foizsiz to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) qo‘llagan kichik tadbirkorlik sub'yektlari aniqlashtirilgan ma'lumotnomaning 1402-satrida (aylanmadan soliq to‘lovchilar) 2020 yil aprel va may oylari uchun hisoblangan soliq summasini ko‘rsatadilar va (qolgan soliq to‘lovchilar) 1404 va 1405-satrlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.Yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 431-moddasiga asosan soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. Yuqorida qayd etilgan toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan soliq to‘lovchilar yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga 2020 yil uchun Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i bo‘yicha aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart, bunda: aylanmadan soliq to‘lovchilar hisob-kitobning 0402-satrida 2020 yil aprel va may oylari uchun, 0403-satrida esa, sentabr oyi uchun soliq summalarini ko‘rsatadilar; qolgan soliq to‘lovchilar ma'lumotnomaning 0406-0408-satrlariga “0” qo‘yadilar. Bunda, aniqlashtirilgan hisob-kitobning 040-satrida ko‘rsatilgan yer solig‘i summasi o‘zgarishsiz qoldiriladi. Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan yer solig‘i bo‘yicha 2020 yil aprel va may oylarida foizsiz to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) qo‘llagan kichik tadbirkorlik sub'yektlari aniqlashtirilgan hisob-kitobning 0402-satrida (aylanmadan soliq to‘lovchilar) 2020 yil aprel va may oylari uchun hisoblangan soliq summasini ko‘rsatadilar va (qolgan soliq to‘lovchilar) 0404 va 0405-satrlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Mol-mulk va yer solig‘i, shuningdek ushbu soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son farmoni 2-bandiga muvofiq soliq organlari kichik tadbirkorlik sub'yektlarining: Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalari;2020 yil 15 may holatiga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalarini hisobdan chiqarishlari lozim.Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son farmoni 5-bandiga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatildi.Davlat soliq xizmati organlari 2020 yil 15 may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va o‘tkazish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladilar.Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.Davlat soliq qo‘mitasidan prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son farmonida nazarda tutilgan imtiyozlarni soliq hisobotlarida aks ettirish uchun dasturiy masullarga o‘zgartirish kiritish va imtiyozlarni qo‘llash tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilar o‘rtasida 2020 yil 1 iyuniga qadar tushuntirish ishlarini amalga oshirish so‘ralgan.Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son farmoni 4-bandiga muvofiq 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirilishi nazarda tutildi.Ushbu imtiyoz aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.Mikrofirma va kichik korxonalar yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozni hisobga olib 2020 yil may va iyun oylari uchun ijtimoiy soliq summasi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobi 6-ustunida aks ettiriladi.Bunda, 2020 yil may va iyun oylari uchun mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad summalari (Soliq kodeksining 371-moddasi) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobi 011-satrida aks ettiriladi. Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling