Xalqaro moliya-kredit


Soliqning iqtisodiyotdagi funksiyasi , vazifasi va soliq tizimi tuzulishi


Download 435.5 Kb.
bet8/37
Sana01.12.2021
Hajmi435.5 Kb.
#178619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
2 5400337100253955553[1]

1.2 .Soliqning iqtisodiyotdagi funksiyasi , vazifasi va soliq tizimi tuzulishi . Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to`lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo`lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag`larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlaming mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Hаг bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlaring funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bo`lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlami boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.

Neokeynschilik yo`nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlaming fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo`li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlaming daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o`rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fran­suz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to`lovlaridan foydalanish yo`li bilan jamiyat milliy daroma- dini kambag`allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlaring daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslaming daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag`batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 0‘z-o‘zidan ko`rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo`lmoqda. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko`rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlaming funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko`pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiya­lari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlaming quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag`batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta `minlash funksiyasi.



Soliqlaring asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so`zidan olingan bo`lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko`rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo`lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman ishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish - soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi . Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiya­ning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslami ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish­ning o`sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijti­moiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo`lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo`naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo`llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlaming ikkinchi muhim funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tar­tibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan "soliq muhiti"ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko`rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlar ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliya­tini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag`batlantirish zarurati saqlanib qoladi. Rag`batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mоl-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi, ya`ni soliq yukuni kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag`batlantiradi. Soliqlaming rag`batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming erkin faoliyat ko`satishi ta’minlanadi . Soliqlaming nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to`lovchilar o`zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta`minlash funk­siyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to`liq, o`z vaqtida va oson kechadi.

Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarini ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalami bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. Soliqlar bajaradigan vazifalar ko`pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o`xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:


1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling