Xalqaro moliya-kredit


Muammoli o’qitishning maqsadlari


Download 435.5 Kb.
bet19/37
Sana01.12.2021
Hajmi435.5 Kb.
#178619
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
2 5400337100253955553[1]

Muammoli o’qitishning maqsadlari:

Ta’lim oluvchilarning mazmunli va izchil bilim olishini ta’minlash;

• Muammo yechimlarini topish va uning boshqa yechimlari bo’yicha ham istiqbolli hal etish yo’llarini ishlab chiqish;

• Ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga bo’linib, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga o’rgatish;

• O’quvchi, talabalarda shaxsiy mas’uliyat tuyg’usini uyg’otish va mustahkamlash.

Muammoli o’qitishning to’rt bosqichdan iborat mantiqiy sxemasi quyidagicha.

1.Muammoning qo’yilishi.

2.Uni echish yo’llarini aniqlash.

3.Muammoni yechishning eng ma’qul yo’lini aniqlash.

4.Muammoni yechish.



Talaba javob berolmagan savollarning hammasi ham muammoli vaziyatni vujudga keltira olmaydi. Masalan, «qanday harajatlar tashqi harajatlarga kiradi?» yoki «daromad nima?», «soliq nima?» kabi masalalar yechimini qo’yish muammoli vaziyat yoki muammo bo’la olmaydi. Tajribali pedagoglarning fikricha faqat o’qitish jarayonida qaramaqarshilik paydo bo’lgan vaziyatnigina muammoli vaziyat deb ataladi. Talaba o’qish, bilish jarayonida qaramaqarshiliklarga duch kelsa, uning bilimga bo’lgan qiziqishi ortadi. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya paydo bo’ladi. Masalan, nima sababdan davlat tadbirkorlikni qo’llabquvvatlagani holda soxta tadbirkorlikka qarshi kurashadi, degan savol muammoli hisoblanadi. Chunki bu savolda qaramaqarshilik bor. U talabani taqqoslashga, tahlil etishga undaydi. Tadbirkorlikning turlarini,uning huquqiy asoslarini, davlatning yuritayotgan iqtisodiy siyosatini o’rganishga, tushunishga olib keladi. Metodologik jihatdan qaraganda tushunchalar orasidagi qaramaqarshiliklarning asl manbai birlamchi hisoblanadi. Talabalarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish uchun ularni doimo o’zlarida tug’ilgan savolni berishga undash lozim. Dars oxirida qaramaqarshiliklar oydinlashtirilishi zarur. Muammoli ma’ruza – muammoli o’qitishning asosi. Lekin muammoli o’qish qanday bo’lishi kerakligi haqida yagona fikr yo’q. Ba’zilar uni hali fanda echilmagan muammolar haqida ma’ruza deyishsa, boshqalar muammolarni darsda echish deb hisoblashadi. Muammoli ma’ruza talabani o’ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga undaydigan ma’ruzadir.U quruq yodlab olish emas, balki o’z faoliyatida zarur bo’ladigan amaliy ko’nikmalarni qo’llab masalani echishga o’rgatishdir. Shuningdek o’qitish – bunday darslarda ajdodlar ijtimoiytarixiy tajribasi ham o’rgatiladi. Muammoli o’qitish orqali talabani o’z fikrini aytishga, fikrini himoya qilishga va baxslashishga o’rgatish mumkin. Fikrlash jarayonida qaramaqarshilik bo’lmasa bahs ham, munozara ham bo’lmaydi. Munozarasiz esa muammoning echimini topish juda qiyin. Darsda talabalar o’qituvchining o’rgatishga samimiy intilayotganini his qilishi, talabani o’zi bilan teng ko’rayotganini bilishlari kerak. Yuqorida zikr etgan ma’ruzani muammoli ma’ruza tarzida bayon qilish, darsga talabalarni faol qatnashishga chorlash uchun ma’ruza o’qiyotganda muammoli vaziyat yaratish zarur. Buning uchun avvaldan muammoli savol qo’yib, unga talabalar bilan birgalikda muhokama qilinib javob topiladi. Ana endigi misol bilan esa an’anaviy maruza matnini qanday qilib muammoli maruza matni sifatida o’tishni izohlab beramz chunki har qanday maruza matnini muammoli qilish uchun shu maruza matnini birinchi bo’lib maqsadini angalsh va quyidagi bosqichlarda o’tishi kerak bo’ladi. Misol : Mamlakatimizda soliq salohiyatini oshirish yo’llari mavzuini ko’rib o’tadigan bo’lasak . bunda eng avvalo darsning maqsadini aniqlab olishimiz zarur .

Darsning

Maqsadi


Soliq salohiyatini oshirish nimaga kerak, sohadagi kamchiliklar,

Soliqning iqtisodiyotda to’tgan o’rni va hakozolar bo’yicha fikr almashish . Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish chuqurlashtirish va har bir savolga javob topish .




O’qituvchi muammoli vaziyat yaratish bilan talabalarni faollashtiradi, mulohazaga

yo’llaydi. Birinchi uzviy savolni muhokama qilish jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish mumkin: O’qituvchi savolni aynan” soliq sohasini takomillashtirish ning maqsadi “ degan savolni berib shu asnoda talabalar javob berish bilan birgalikda iqtisodiyotning asosi dastagi soliq ekanligini anglab yetadilar hamda ularda soliq salohiyati umuman kelajakdagi soliq sohasida bo’ladigan o’zgarishlarga qiziqishlari ortadi . keying o’rinda esa ularda tanqidiy fikrlash ham o’sib boradi.




Download 435.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling