Xalqaro moliya-kredit


-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 435.5 Kb.
bet30/37
Sana01.12.2021
Hajmi435.5 Kb.
#178619
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
2 5400337100253955553[1]

2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 316-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.1-bandi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:

1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3 va 4-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 12 — 2125-26-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning III — V-bo‘limlari, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).

2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o‘zgartirsa;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 31—33-moddalari.

3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, 8-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 9-moddasining ikkinchi qismi, 67-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 71-moddasiningoltinchi va yettinchi qismlari, 80-moddasining o‘n birinchi qismi, 89-moddasining to‘rtinchi qismi, 91-moddasining uchinchisakkizinchi va o‘n birinchi qismlari, 92-moddasining sakkizinchi qismi, 95-moddasining uchinchi, to‘rtinchiqismlari, 99-moddasining uchinchi qismi hamda 105-moddasining birinchi qismi.

4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o‘zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo‘llanilganidan boshqacha ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 12—22-moddari, 221–moddasining birinchi qismi, 222–moddasining birinchi qismi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.

Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.


Download 435.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling