10-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi prinsipi
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |