Xalqaro moliya-kredit


Kafedra mudiri J. Ataniyazov


Download 148.67 Kb.
bet5/18
Sana27.10.2023
Hajmi148.67 Kb.
#1725874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
XM -1-ON

Kafedra mudiri J. Ataniyazov

12-variant



  1. Valyuta bozorlariga tavsif.

  2. Milliy valyuta tizimi va uni Jahon valyuta tizimi bilan aloqasi.

  3. Keys topshiriq. Xalqaro kapital harakati

Ichki bozorga xorijiy kapital oqimining faollashganiga duchor boʻlgan Osiyo mintaqasidagi davlat valyuta interventsiyasini oʻtkazish va ortiqcha xorijiy valyuta taklifining bir qismini sotib olishni hal qilmoqda. Interventsiya hajmi 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Bir vaqtning oʻzida emissiya qilingan pul massasini sterelizatsiya qilish maqsadida 5 mlrd. AQSh dollari ekvivalentidagi milliy valyutada koʻrsatilgan hukumat qisqa muddatli obligatsiyalari va Markaziy bank obligatsiyalarini chiqarish boʻyicha qaror qilindi. Statistik ma’lumotlar koʻrsatishicha, xorijiy investorlar tomonidan olib kirilgan mablag‘lar milliy pul bozorining spekulyativ va qisqa muddatli instrumentlariga qoʻyilgan.


Xalqaro zahiralar yillik oʻrtacha 1 foiz stavka boʻyicha joylashtiriladi, hukumat qisqa muddatli obligatsiyalari va markaziy bank obligatsiyalari yillik 6 foiz daromadlilikka ega boʻlgan holatda mazkur operatsiyalar natijasida mamlakat iqtisodiyoti uchun moliyaviy natijani baholang. Bunda milliy iqtisodiyotdagi inflyatsiya 4 foiz darajasida, zahira valyutalari emitenti boʻlgan mamlakatlarda esa 1,5 foiz darajasida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Ushbu moliyaviy natija kimning foydasiga qayta taqsimlanadi?
Milliy bozordagi holatni tahlil eting va sterilizatsiyalangan interventsiya natijasida nima yuz berishini baholang:
inflyatsiya darajasi bilan;
– iqtisodiy oʻsish sur’atlari bilan;
– milliy bozordagi foiz stavkalari bilan.
Infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli investitsion resurslarni shakllantirishga xorijiy kapitalning kirib kelishi qanday ta’sir qiladi?


Kafedra mudiri J. Ataniyazov
13-Variant

  1. Valyuta tizimi: moxiyati, evolyutsion rivojlanishi.

  2. Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari

  3. Keys topshiriq. Xalqaro kapital harakatining iqtisodiyotga ta’siri

Xitoyda 2019 yilning oxirgi choragida kapital harakati hisobi taqchilligi (kapital chiqib ketishi) uchinchi chorakdagi 9 milliard dollardan 91,2 milliard dollarga oshgan. Kelajakda qanday vaziyat yuzaga kelishini xitoyliklar bashorat qilishning imkoniga ega bo’lmadi. Keyingi yilda Xitoyga kapitalning transchegaraviy oqimi beqarorlik va noaniqlikning ko'plab omillariga duch keladi. Shuningdek, yil davomida mamlakatga xorijiy kapitalning ham importi, ham eksporti kuzatilishi mumkin. Har ikki yo'nalishda tebranishlar kuzatilishi qayd etilgan. Xorijiy kapital harakatidagi tebranishlar tufayli Xitoy qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin? Ushbu holatga asoslangan xulosalar orqali har tomonlama baho bering.





Download 148.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling