Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


  I BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATINING


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

 



I BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATINING 
JIHATLARI 
1.1 Mamlakat milliy valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni 
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy 
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda 
kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol 
o’ynaydi. U «ko’p kirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini 
ta'minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to’lov balansining 
aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini 
egallashda, yetakchi o’rin egallaydi. 
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy 
holati, jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o’rni bilan 
aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, birinchi navbatda, har 
qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: 
valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta'minlanganligi, 
valyutaviy 
cheklashlar, 
valyutaning 
erkin 
almashinuvi, 
valyuta 
operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda 
valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya'ni rivojlanayotgan 
mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko’mak 
berish. 
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga 
solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat 
ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan 
munosabatlami tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki 
tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish 
kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o’zgartirishi bilan, yangi 
jahon valyuta tizimi yo’nalishini aniqlab berdi. 
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo’llaridan biri, davlatning 
xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo,
hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani 



tartibga solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari 
orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining 
iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan 
ta'sir etiladi. Xo’jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta 
boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo’ldi. U quyidagi maqsadlarni o’z oldiga 
qo’yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan 
holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta 
siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish 
iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi. 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling