Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

Devalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob 
pul birliklariga nisbatan qadrining tushishidir. 
Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo’lib, inflyatsiyaning kuchayishi va 
mamlakat to’lov balansining salbiy qoldiqka ega bo’lishi hisoblanadi. 


12 
Devalvatsiya siyosati mamlakat to’lov balansi yomonlashganda va mamlakatga 
import oqimi sezilarli darajada ko’payganda amalda qo’llash iqtisodiyotga ijobiy 
ta'sir etadi. 
Demak, devalvatsiyani qo’llash shart-sharoiti yuzaga kelganda, uni darxol amalga 
oshirish lozim, aks holda sun'iy ravishda kursning qat’iy ushlab turilishi, butun 
iqtisodiyotga sezilarli darajada talofat yetkazishi mumkin. 
Revalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki hisob-kitob pul 
birliklariga nisbatan qadrini oshirishdir. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga 
nisbatan qo’llaniladi. 
Inflyatsiyaning nixoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat 
to’lov balansining aktiv bo’lishi, hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon 
savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi, revalvatsiyani keltirib chiqaradi. 
Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’llaniladi. 
Odatda, valyutaviy cheklashlar deganda, chet el valyutasi hamda valyuta 
qimmatliklari bilan bo’ladigan operatsiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni 
joriy qilishga aytiladi. Hozirgi vaqtda, deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda 
valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa, uning zaif 
ko’rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979 yildan buy on 
valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo`q. 
Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari 
chiqib ketishining oldini olishda, shu asosda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni 
tartibga solish maqsadida qo’llaniladi. 


13 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling