Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


 O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

1.2 O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari 
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O’zbekiston Respublikasi oldida 
inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor 
talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta 
va savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo’ldi. 
Ushbu ko’rsatkichlarga erishishni ta'minlashda, O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki asosiy o’rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini 
tartibga solish, kredit-bank sohasini nazorat qilish, qat’iy pul-kredit va valyuta 
siyosatini amalga oshirish uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari, 
xalqaro valyuta bozorlari, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
qabul qilingan valyuta kurslarini qo’llash uslublari masalalariga bag’ishlangan bir 
qator tadqiqotlar mavjud. Bu esa, ma'muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor 
iqtisodiyotiga o’tish jarayoni kabi o’ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan 
O’zbekiston Respublikasi uchun katta kizikish uygotadi. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, 
bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq 
holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga 
doir mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo’yicha chora-
tadbirlarni kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 
shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga 
yo’naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo’lmoqda. Shu 
tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga 
oshirishga kodir bo’lgan yetakchi kuch ekanligini ko’rsatmoqda. Davlat 
shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashkil etish yo’li bilan islohotlarni 
tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida 
bu borada muhim o’rin tutadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga 
muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy 
bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirda Tashqi iqtisodiy 


14 
aloqalar Agentligi (TIAA)), Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona 
qo’mitalaridir. Ularning har biri o’z vazifa va funktsiyalariga egadir. Vakolatli 
banklar esa, valyuta nazorati agentlari hisoblanadi. 
Valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Lekin, ularning 
nisbatini belgilash juda murakkabdir. Klassik iqtisodiyotning zamonaviy 
iqtisodiyotdan farqlaridan biri, zamonaviy iqtisodiyotda valyuta siyosati iqtisodiy 
islohotlarning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli, respublika 
hukumati ushbu masalaga juda katta e'tibor qaratmoqda. 
Valyuta siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit 
siyosati bilan uzviy bog’liqdir. Ularning ikkalasi ham davlat iqtisodiy siyosatning 
ajralmas qismidir. 
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlatning 
makroiqtisodiy maqsadlarining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, 
valyuta siyosatini tartibga solish va valyuta siyosatini muvaffakiyatli amalga 
oshirish uchun barcha tegishli huquqiy asoslar va shart-sharoitlarga egadir. 
Shu tarzda, O’zbekiston Respublikasi hukumati, Markaziy bank va valyuta 
nazoratining boshqa organlari tomonidan iqtisodiy islohotlar mobaynida kurilgan 
chora-tadbirlar quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi: 
• valyuta siyosatining huquqiy asosini vujudga keltirish; 
• samarali valyuta nazorati va tartibga solish tizimini tashkil etish; 
• iqtisodiy agentlar o’rtasida chet el valyutasini samarali qayta taqsimlash 
mexanizmlarini tashkil etish; 
• to’lov balansini tartibga solishning zamonaviy uslublarini qo’llash; 
• birja va birjadan tashqari valyuta bozorlari faoliyatini yanada takomillashtirish
• naqd va naqd pulsiz tarzda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, 
valyuta risklari oldini olishning savdo va nosavdo operatsiyalari mexanizmini 
belgilash; 
• xorijdan mablag’ jalb qilishning taktika va strategiyasini belgilash; 
• davlatning oltin-valyuta zahiralarini samarali boshqarish; 
• xalqaro moliya tashkilotlari bilan o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish; 


15 
• valyuta kursini samarali tartibga solish; 
• milliy valyutaning ichki konvertirlanishini ta'minlash; 
• respublikamiz to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha milliy
valyuta konvertirlanishini bosqichma-bosqich joriy etilishi bo’yicha chora-
tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 
Shu bilan birga, respublikamizda amalga oshirilayotgan valyuta siyosatini 
umumlashtirish va unga tavsif berishda uning quyidagi o’ziga xos jihatlarini 
ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir: 
1. Tashqi salbiy omillar ta'siridan himoyalanish va iqtisodiyotni, shu jumladan 
moliya-pul tizimini milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda mustahkamlash 
yuzasidan chora-tadbirlar ko`rish. Ma'lumki, davlatning iqtisodiy va moliyaviy 
asosiga putur etganda u kulab tushishi mumkin. M.Fridman, o’zining 
«Kapitalizm va erkinlik» asarida yozganidek, «umumiy e'tirofga kura, pullar 
ustidan nazorat qilish, iqtisodiyot ustidan nazorat qilishning muhim vositasi 
bo’lishi mumkin». O’zbekiston himoyalanish chora-tadbirlariga qat’iy amal 
qilgan holda, Janubiy- Sharqiy Osiyo, Rossiya Federatsiyasidagi global
valyuta-moliyaviy tangliklar ta'sirini kamaytirishga muvaffak bo’ldi. 
2. Iqtisodiyotni samarali va teng huquqli asosda jahon xo’jaligiga integratsiya 
qilinishini ta'minlash yo’lini tanladik. Eksport bazasi ancha sust bo’lgan shart-
sharoitda ichki valyuta bozori erkinlashtirilishini sun'iy tarzda tezlashtirish 
samarali integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga salbiy ta'sir ko’rsatishi
mumkin edi. Ushbu vazifani hal etish, ichki ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini hisobga olish va mamlakatimizdagi tovar ishlab
chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi hisobga olinib, chuqur uylangan davlat 
strategiyasi qabul qilinishini talab etadi. 
3. Iqtisodiy o’sish jarayonlarini ta'minlash. Ushbu vazifani hal etishda, birinchi 
o’rinda valyuta mablag’laridan faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalarini 
zamonaviylashtirish va texnikaviy qayta tashkil etishda, qo’shimcha qiymatning 
yuqori ulushini ta'minlaydigan yangi ilg’or korxonalarni vujudga keltirishda 
foydalanish valyuta siyosatining eng asosiy vazifasidir. Iqtisodiy nuqtai-nazardan 


16 
qaraganda, ushbu vazifalar yuqorida qayd etilgan ikkita masalaga nisbatan bazis 
vazifadir. Chunki, davlat o’zining strategik vazifalari nuqtai-nazaridan ilg’or 
sanoatlashgan jamiyatlar tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalarni 
import qilishi, qayta ishlashi va o’z shart-sharoitiga moslashtira olishi uning 
iqtisodiy taraqqiyoti ta'minlanishini belgilab beruvchi muhim omildir. 
Milliy valyuta sumning muomalaga kiritilishi va moliyaviy sohada 
islohotlarni 
chuqurlashtirish vazifasi uning huquqiy bazasini yanada 
rivojlantirishni, bozor talablariga muvofiq ravishda banklar faoliyatining barcha 
jihatlarini tartibga soluvchi alohida qonunni ishlab chiqishni talab qilar edi. 
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning qabul 
qilinishi Markaziy bankning pul-kredit siyosati vositalari yordamida iqtisodiyotni 
tartibga soluvchi organ sifatidagi maqomini shakllantirishda muhim voqea 
bo’ldi. 1996 yilda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi 
taxrirda qabul qilinishi banklarning maqomi, maqsad va vazifalari hamda faoliyat 
ko’rsatish shartlarini aniq belgilagan holda tijorat banklarining barqaror faoliyat 
ko’rsatishi uchun huquqiy asos yaratdi. 
O’zbekistonning kuchli bank tizimini shakllantirishda mamlakat hukumati 
banklarning bozor iqtisodiyotida tutgan o’rnini chuqur tushungan holda ushbu 
sohaga e'tiborini alohida qayd etib o’tish lozim. Isloxotlarning dastlabki davridan 
boshlab, banklar 4 yil muddatga bir qator soliqlardan ozod etila boshlandi. 
Soliqlardan ozod etilgan mablag’lar banklarga zamonaviy infratuzilmani 
shakllantirishga imkoniyat yaratdi. 
1993 yil may oyida O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish 
to’g’risida»gi qonuni qabul qilinishidan so’ng, Markaziy bank valyutani tartibga 
solish masalalari bo’yicha yangi me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqdi. 
Valyuta operatsiyalari bo’yicha qonun bazasini tashkil qilish va amalga oshirishda 
qisqa vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bir 
qancha ishlar amalga oshirildi. Valyutani tartibga solish muhitini huquqiy 
bazasini tashkil qilish joriy iqtisodiy ahvolini tahlili natijalarida amalga 
oshirilayotganligini uning o’ziga xos xususiyati bo’lib ajralib turadi. 


17 
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutaning oldi-sotdi 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari; ichki valyuta bozorini mexanizmini 
ishlab chiqish; respublika hududida xorijiy kapital ishtirokida xorijiy banklarni 
tashkil qilish, ro’yxatdan o’tkazish va akkreditatsiyalash qoidalari; xorijiy 
valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga litsenziya 
berish qoidalari; rezident va norezident - yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy 
valyutada hisobvaraqlarini ochish va ishlash qoidalari; huquqiy va jismoniy 
shaxslarga O’zbekiston hududidan tashqarida hisobvaraqlarini ochish qoidalari; 
respublika hududida valyuta operatsiyasi bilan bog’liq kassa operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalari; bank tashkilotlarida valyuta qimmatliklari bilan bog’liq 
kassa operatsiyalarining tartibi va boshqa savollarni o’z ichiga olgan me'yoriy 
hujjatlarni tahlil etish natijasida ekanligini ta'kidlash - O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki, o’z valyuta siyosatini davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, 
valyuta munosabatlarini va valyuta bozorini erkinlashtirishga bosqichma -
bosqich amalga oshirayotganligi kurinadi. Hozirgi kunga kelib, mamlakatdagi 
iqtisodiy jonlanishini inobatga olgan holda, va ayniqsa, mamlakatga chet el 
investitsiyalarini jalb etish jarayonini rivojlantirish maqsadida mavjud valyuta 
cheklashlarni kamaytirish yo’li bilan valyuta munosabatlarini va valyuta bozorini 
erkinlashtirish lozim. Valyuta bozorini erkinlashtirish va vakolatli banklarni 
valyuta munosabatlarini rivojlantirishdagi amalga oshiriladigan vazifalarini aniq 
belgilab olish - milliy valyutaning to’la konvertirlanishiga olib keladigan asosiy 
chora-tadbirlardan biridir. 
Keyingi yillarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning tashqi aloqalari 
doirasi ancha kengayib, xalqaro moliya tashkilotlari va yirik xorijiy banklar bilan 
o’zaro foydali hamkorlik yanada rivojlandi. Xususan, XVF tomonidan xalqaro 
andozalarga mos ravishda bank qonunchiligini yaratish, buxgalteriya hisobining 
yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish, yangi hisob va hisobotlarni kiritish, 
shuningdek, to’lov tizimini takomillashtirish masalalari hamda mutaxassislarni 
ukitish va kasbiy malakasini oshirish bo’yicha yordam berildi. 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling