Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati
XALQARO JORIY OPERATSIYALAR BO`YICHA MILLIY VALYUTANI
Download 483.42 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI
XALQARO JORIY OPERATSIYALAR BO`YICHA MILLIY VALYUTANI
KONVERTIRLANISHI TALABLARI Xalqaro valyuta fondi haqidagi Kelishuvining VIII moddasi ushbu tashkilot azolariga quyidagi talablarni qo’yadi: • XVFga a'zo birorta mamlakat, Fondning tasdig’isiz, xalqaro joriy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha to’lovlarga cheklov o`rnatmaydi; • har qanday a'zo-mamlakat valyutasini ishlatish bilan amalga oshiriladigan valyuta shartnomalari, mamlakat valyuta operatsiyalari qoidalariga zid bo’lsa, mazkur Kelishuvga ko’ra, XVFga a'zo-mamlakatlarining hech biri hududida bunday operatsiyalarni amalga oshirish ta'minlanmaydi; • XVFga a'zo birorta mamlakat va uning fiskal agentlari hech qanaqa diskriminatsion valyuta kelishuvlarida ishtirok etmaydi hamda turli xil almashuv kurslari amaliyotini qo’llashga ruxsat bermaydi; • fond XVFga a'zo-mamlakatdan o’z ishini yuritishda zarur bo’lgan axborotlarni talab qilishi mumkin. Jumladan, mamlakat haqida quyidagi minimum pozitsiyalar bo’yicha ma'lumotlarni: o mamlakat va xorijdagi rasmiy avuarlar (oltin va xorijiy valyutadagi); o oltinni qazib olish, olinadigan va yo`naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va importi; o olinadigan va yo’naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va import umumiy hajmi; o tashqi to’lov balansi va boshqalar. • XVFga a'zo-mamlakatlar ishtirokida o’zaro manfaatdor tuzatishlar kiritish maqsadida konsultatsiya qilish orqali, XVFga a'zo-mamlakat alohida olingan, yoki vaqtincha yuzaga kelgan ayrim holatlarda, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha cheklovlarni kiritish yoki saqlash vakolatini kulga kiritishi mumkin; • har bir a'zo-mamlakat Fond va boshqa a'zo-mamlakatlar bilan, mazkur mamlakatning zahira aktivlari nisbatan siyosati, xalqaro holatini, 35 xalqaro nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish vazifalariga zid kelmasligini ta'minlash bo’yicha majburiyat oladi; Joriy to’lovlar bo’yicha konvertirlash majburiyatini olgan mamlakat, kapital o’tkazmalaridan farqlanuvchi quyidagi maqsadlarda o’tkaziladigan to’lovlar bo’yicha ta’qiqlarni o’rnatish huquqiga ega emas (fond tasdig’isiz): • tashqi savdoni amalga oshirish bo’yicha barcha to’lovlar, boshqa joriy faoliyat, shu jumladan, xizmatlar, shuningdek, qisqa muddatli bank mexanizmlari bilan bog’liq odatiy ishlar; • ssudalar bo’yicha foiz ko’rinishidagi to’lovlar va boshqa investitsiyalardan sof daromadlar ko’rinishidagi to’lovlar; • ssudalarni qaytarish hisobvaragi bo’yicha me'yoriy summalar, yoki to’g’ri investitsiyalarning amortizatsiya hisobvaragiga to’lovlar; • xorijdan oilaning joriy xarajatlari uchun me'yoriy xususiy o’tkazmalar summasi. Manfaatdor a'zo-mamlakatlar bilan o’tkaziladigan konsultattsiyalardan so’ng, Fond ma'him operatsiyalarni joriy operatsiyalarga, yoki kapital bilan bog’liq operatsiyalarga tegishliligini o’rnatadi. XVFga a'zo-mamlakatlar VIII modda bo’yicha majburiyatlarni olmasdan oldin, XIV modda bo’yicha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Unga muvofiq, mamlakat Fondga a'zo bo’lib kirgunga kadar, o’zgaruvchan holatga muvofiq ravishda xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha, mablag’lami o’tkazish va to’lash bo’yicha cheklovlarni saqlab qolishlari mumkin. Bunday holatlarda, mamlakat valyuta tartibini yomonlashtirmaslik va qo’shimcha valyuta cheklovlarini joriy kilmaslik majburiyatini oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling