Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati
Download 483.42 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI
Haqiqatdan yiroq taxminlar
Farmon kuchga kirgach, uning tub mohiyatiga tushunib yetmagan odamlar orasida “Endi hamma narsa qimmat bo‘larkan”, “AQSh dollarining kursi oshadimi?”, “Yana almashtirish shoxobchalarida navbatlar ko‘payadi”, “Qora bozor yo‘q bo‘ladimi, bundan oddiy aholi zarar ko‘rmaydimi?”, “Milliy valyutamizning taqdiri nima bo‘ladi?” degan turli mish-mishlaru taxminlar tug‘ildi. Lekin ularning barchasi haqiqatdan ancha yiroq gap-so‘zlar edi. Sababi, Markaziy bank 4 sentyabrda AQSh dollarining bozor mexanizmlariga muvofiq shakllantirilgan rasmiy kursini o‘rnatdi. Bunda nimaga tayanildi? Bozor kursi talab hamda taklif mutanosibligidan kelib chiqadi. Shu bois bozor to‘laqonli ishlay boshlaganidan keyingina bozor kursi qanday bo‘lishi aytilishi lozim. 39 Endi Markaziy bank tomonidan, avvalgidek, maqsadli devalvatsiyaning amalga oshirilishi siyosati bir oz o‘zgaradi. Natijada, asosan, eng yirik bitimlar tuziladigan birja va banklardagi oldi-sotdi kurslari asos qilib olingan holda, bozor mexanizmidagi real talab hamda taklifdan kelib chiqilgan kurs belgilanadi. Bunda dastlabki oylarda xorijiy valyutaga nisbatan talab foydasini to‘liq repatriatsiya qila olmayotgan tashkilotlar hisobiga yuqori bo‘lishi kutiladi. Bu — kurs oshishi mumkin, degani. Biroq agar xorijiy valyutaga bo‘lgan talab yetarlicha taklif bilan qondirilsa, ozgina vaqt o‘tib, o‘z-o‘zidan tabiiy, bozor mexanizmiga asoslangan barqaror bozor kursi amal qila boshlaydi. Bozor kursi yaxshigina tebranishi ham mumkin. Chunki talab va taklif turli omillar ta’sirida o‘zgarishdan xoli emas. Talab hamda taklif mutanosibligi o‘zgarishiga qarab esa kurs tebranadi. Markaziy bank faqatgina keskin tebranishlar bo‘lmasligi uchun aralashishi mumkin. Ayni paytda aholi banklarga dollarni almashtirgani bormoqda. Chunki belgilangan kurs ularni qoniqtiradi. Natijada tijorat banklarida dollar ortiqchaligi yuzaga -kelishi va kurs bir oz tushishi mumkin. Masalan, 7500 so‘mgacha. Shuningdek, ajiotajli talab uyg‘onib, kursning bir oz ko‘tarilishini ham kutsa bo‘ladi. Ammo yaqin vaqt ichida dollarning keskin, misol uchun, 9000 so‘mgacha ko‘tarilishiga hech qanday sabab yo‘q. Yana bir e’tiborli holat. Markaziy bank 2017 yil 5 sentyabrdan boshlab chet el valyutalarining so‘mga nisbatan kursini belgilashda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, - Tojikiston, Turkmaniston va hatto, Afg‘oniston milliy valyutalarini ham kiritdi. Ilgari mazkur valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi belgilanmas, hatto, ularda eksport-import shartnomalari tuzilishiga ham yo‘l qo‘yilmasdi. Bu bir qarashda juda arzimas holatdek tuyulishi mumkin. Biroq buning negizida juda katta ramziy ma’no hamda ishoralar bor. Ya’ni shu orqali qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari rivojlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling