Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

So‘mning qadri tushmaydi 
Shu o‘rinda “Milliy valyutamiz — so‘m qadrsizlanib ketmaydimi?” degan 
savol ham yuzaga chiqishi mumkin. Farmonda valyuta yetishmovchiligi xatarining 
oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan. 
Bozorga valyutani kim olib kiradi? Birinchi navbatda, eksportchilar. Ular 
ishchilarga maosh to‘lash, xom ashyo xarid qilish, elektr energiyasi va boshqa 
xizmatlar haqini to‘lash, foydani O‘zbekistonda ishlatish uchun valyutani sotishlari
kerak. Bundan tashqari, mehnat migrantlari, mamlakatimizda zavodlar quradigan
ishchilar yollaydigan, jihozlar sotib oladigan xorijiy investorlar valyuta taklifining 
asosiy manbalari hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston banklarining kapitali, yuqori 
valyuta kredit portfeli ko‘rsatkichlari tufayli so‘mning devalvatsiyasi salbiy 
oqibatlardan himoyalangan. 
“Fitch” xalqaro reyting agentligining hisobоtida qayd etilishicha, milliy 
valyutaning qo‘qqisdan qadrsizlanishi, katta hajmda AQSh dollari hamda valyuta 
kreditlashda yuqori ulushga ega banklarning kapitaliga o‘rtamiyona ta’sir 
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning davlat banklari muntazam ravishda 
davlat kapitali bilan qo‘llab-quvvatlanadi. 
Narxlarga ta’sir qiladimi? 
Xalqimizni bugungi kunda “Valyuta kursining real talab va taklif asosida 
belgilanishi kelgusida iste’mol tovarlari hamda xizmatlar narxiga ta’sir 
qilmaydimi?”, “Agar bozor mexanizmlari asosida dollar kursi oshadigan bo‘lsa, 
iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi ham ko‘tariladimi yoki tushsa, narxlar 
arzonlashadimi?” degan savollar ham qiziqtirayapti, albatta. 
Iste’mol tovarlari hamda xizmatlarga narxlar import narxi oshganda, ya’ni 
import tovarlar va xizmatlar olib kelinadigan kurs devalvatsiyasi ro‘y berganda 
ko‘tarilishi mumkin. Ikki-uch oy oldin bizda bir AQSh dollari uchun rasmiy kurs 
taxminan 4000 so‘m, “qora bozor”da 8000 so‘m atrofida hamda birjada 10000 
so‘m edi. Bozordagi import tovarlar narxlari ikki kurs — naqdsiz hisob-kitob 
uchun birja, naqd savdoda bozor kursiga tayangan holda shakllantirilardi.
63 


41 
Importchilar rasmiy kurs bo‘yicha valyuta xarid qilganda ham tovarlarni 
8000 — 12000 so‘mlik kursga bog‘lab sotardi. Bundan ko‘rinadiki, yangi kursda 
aksariyat import tovarlar narxlari oshmasligi kerak. Ba’zilari, hatto, arzonlashishi 
yoki ancha vaqt qimmatlashmay turishi mumkin. 
Farmonda ko‘zda tutilganidek, bojxona to‘lovlari import qilinadigan tovarlar 
narxlari keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir hafta mobaynida qayta 
ko‘rib chiqildi. Davlat aholini devalvatsiyaning salbiy oqibatlaridan maksimal 
darajada muhofaza etishga harakat qildi. Gap shundaki, iste’mol tovarlarining 
importi anchadan buyon rasmiy konvertatsiya bilan moliyalashtirilmayotgan va 
ularning narxi parallel (qora) bozor kursida shakllantirilayotgandi. Bundan 
tashqari, importchi korxonalar turli komission to‘lovlar hamda birja kursi tufayli 
bozor kursidan ham ortiqroq to‘lashga majbur edilar. Ustiga-ustak, ma’lum bir 
tuzilma va shaffoflik yo‘qligi bois hamma ham bunday operatsiyalardan foydalana 
olmasdi. Savdo korxonalari rahbarlari operatsiyalarini -takomillashtirish hamda 
narxlarni pasaytirish o‘rniga, importni moliyalashtirishga valyuta topish uchun 
ko‘p resurs va vaqt sarflardi. 
Endi tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bankdan bozor 
sharoitlarida valyuta xarid qilish uchun teng imkoniyat yaratildi. Demak, bozorda 
qatnashuvchilar soni ko‘payib, raqobat oshadi. Samarador kurs ruxsatning 
yengillashtirilgani hamda shaffoflik tufayli bir oz tushadi ham. 
Farmonda muhim iste’mol tovarlari narxlari barqarorligini ta’minlash 
bo‘yicha alohida bandlar kiritilgan. Bu davlatimizning aholini oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlashda salbiy oqibatlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan 
ahamiyatlidir. Bojxona bojlari va to‘lovlarining mushtaraklashishi ham 
ta’kidlangan. Chunki Markaziy bank kursi devalvatsiya qilinganida o‘z-o‘zidan 
bojlarning miqdori keskin ortadi. Yaqinda qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, 
ana shunday oshishning oldini olish maqsadida import bilan yurtimizga kirib 
keladigan bir qator mahsulotlar — un, go‘sht, o‘simlik yog‘i, yorma kabi 
tovarlarning bojxona bojlari hamda aktsizlari olib tashlandi yoki pasaytirildi. 


42 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling