Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash; 

valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish 

valyuta cheklovlari
 
valyuta operatsiyalarining erkinligi 
Valyuta 
siyosatining asosiy maqsadlari
 valyuta siyosatining tarkibi 
Diskont (foiz stavkasi) siyosati – Markaziy bank hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ 
li bilan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiradigan valyuta 
siyosati shaklidir. 
50%,78% 
valyuta intervensiyasi
 
Deviz siyosatining milliy valyuta kursiga ta’sir etishining quyidagi 
instrumentlari mavjud. 
Devalvatsiya revalvatsiya valyuta rezervlarini 
diversifikatsiyalash
 


44 
Markaziy bank foyda olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Lekin qonunda 
uning xarajatlari o‘z daromadlaridan qoplanishi qayd etilgan. Markaziy bank 
budjet tashkiloti hisoblanmaydi. Amaliyotdan ma’lumki, Markaziy bankning bosh 
maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va shu orqali mamlakatda narx 
barqarorligiga erishishdan iborat. Markaziy bankning valyuta siyosati shu bosh 
maqsadga erishishning muhim vositasidir. 
Markaziy bankning valyuta siyosati deganda uning valyuta munosabatlarini 
tashkil qilish va tartibga solish sohasidagi tadbirlarining majmuyi tushuniladi. 
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllariga quyidagilar kiradi: 
– diskont siyosati; – deviz siyosati: 
a. valyuta intervensiyasi
b. devalvatsiya; 
c. revalvatsiya
d. valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash. 
Diskont siyosati – bu Markaziy bankning hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan 
milliy valyuta kursiga va to’ lov balansining holatiga ta’sir etish maqsadida amalga 
oshiriladigan valyuta siyosatidir. 
Markaziy bankning diskont siyosati kapitallarning davlatlararo harakatini 
jadallashtiradigan muhim vositadir. Ammo ushbu qoidani MDH davlatlariga 
nisbatan qo’llab bo’ lmaydi. Valyutalarning konvertirlashtirish muammosini to’ 
laqonli hal etilmaganligi kapitallarning erkin harakat qilishidagi jiddiy to’ siqdir. 
Shuning uchun bu mamlakatlarda hisob stavkasining o’zgarishi kapitallarning 
harakatiga bevosita ta’sir qilmaydi. 
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta 
bozorida chet el valyutalarini sotib olishi va sotishi valyuta intervensiyasi deyiladi. 
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’zlangan maqsad valyuta kursining 
qisqa vaqt oralig’ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga
barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada 
o’zgartirish imkoniga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari
bilan raqobat qila olmaydi.


45 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling