Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Valyuta birjasi savdolaridagi so‘mning AQSh dollariga nisbatan


Download 483.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana18.03.2023
Hajmi483.42 Kb.
#1282189
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

Valyuta birjasi savdolaridagi so‘mning AQSh dollariga nisbatan 
almashuv kursi o‘zgarishi dinamikasi 
Shu bilan birga, 2018 yilning qolgan oylari so‘m almashuv kursining yil 
boshidagi darajasiga nisbatan keskin o‘zgarishi kutilmayapti. 
Valyuta kursining joriy dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib
iqtisodiyotimizni o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. 
Xususan, Xalqaro pul o‘tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning 
kamayishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar, almashuv kursi pasayishi 


49 
natijasida uning so‘mdagi ekvivalentining oshishi hisobiga ma’lum darajada 
qoplanadi. 
Markaziy bank tomonidan kelgusida ham, almashuv kursining fundamental 
trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida, 
ichki valyuta bozorida intervensiyalar amalga oshirib boriladi. 
Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi ishtiroki oltin-valyuta rezervlari 
hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab 
turish uchun foydalanish maqsadlarini ko‘zlamaydi. Avval ta’kidlanganidek, 
Markaziy bank “oltin-valyuta rezervlar neytralligi” tamoyiliga amal qilishni davom 
ettiradi. Bunda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani 
sotish, ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin hajmi doirasida likvidlikni 
sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Intervensiyalar hajmi ichki 
valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi 
ta’sirida oylar orasida o‘zgarishi mumkin. 
Milliy valyutaning qadrsizlanishi ichki narxlar shakllanishiga ma’lum 
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘m almashuv 
kursining bir foizga qadrsizlanishi yillik inflyatsiya sur’atini o‘rtacha 0,2 foiz 
bandga tezlashishiga olib keladi. 
Tashqi omillar o‘zgarishi va so‘m almashuv kursi dinamikasining inflyatsiya 
darajasi hamda inflyatsion kutilmalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida pul-kredit 
siyosati yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasi Markaziy bank 
Boshqaruvining joriy yil 22 sentabridagi yig‘ilishida muhokama qilinadi. 


50 

Download 483.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling