Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Download 340.5 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi340.5 Kb.
#1528574
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI TAHLILI

III BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA SIYOSATINING USTIVOR YO‘NALISHLARI
3.1. O‘zbekiston Respublikasida valyuta siyosatini ustuvor yo‘nalishlari
Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. Valyuta siyosatining asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda Valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy Valyuta siyosatida valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli Valyuta siyosati valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:

  • xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;

  • xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank,valyuta nazorati tashkilotlari).

Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog’liqligi.
2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya.
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi
kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror emasligi.
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.
.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar
valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada so‘mning real almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi (Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga). Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etmoqda.
Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.
Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.
Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.

Download 340.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling