Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarniboshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriyhamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rolo’ynaydi.U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish vainflatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivligini saqlab turishda makroiqtisodiysiyosatning muhim va ajramas qismi hisoblanadi.Oxirgi yillarda O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanibbormoqda. Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo’shma korxonalar vujudgakelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo’shilmoqda.Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiymunosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchunxorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar. Mamlakatiqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishidaasosiy o’rinda turuvchi valyuta qonunchiligi doimo davomiy rivojlanish vatakomillashishda bo’lmog’i lozim. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqari bozornikengaytirish va rivojlantirish, tijoriy banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan,milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to’liq almashtirish (konvertatsiya qilish)masalasini yechish vaqti keldi. Bu tadbir mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalarhajmini oshirish garovi va kafolatidir”1.Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiymunosabatlarni jadallashtirish yo’lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimiz qarorlaribosqichma-bosqich qabul qilindi.Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro ValyutaFondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertatsiyayo’lga qo’yildi.
I BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATINING JIHATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |