Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining


Download 340.5 Kb.
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi340.5 Kb.
#1528574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI TAHLILI

1.2 O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O’zbekiston Respublikasi oldida inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo’ldi.
Ushbu ko’rsatkichlarga erishishni ta'minlashda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy o’rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini tartibga solish, kredit-bank sohasini nazorat qilish, qat’iy pul-kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari, xalqaro valyuta bozorlari, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan valyuta kurslarini qo’llash uslublari masalalariga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar mavjud. Bu esa, ma'muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni kabi o’ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan O’zbekiston Respublikasi uchun katta kizikish uygotadi.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga yo’naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo’lmoqda. Shu tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga oshirishga kodir bo’lgan yetakchi kuch ekanligini ko’rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashkil etish yo’li bilan islohotlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirda Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (TIAA)), Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitalaridir. Ularning har biri o’z vazifa va funktsiyalariga egadir. Vakolatli banklar esa, valyuta nazorati agentlari hisoblanadi.
Valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Lekin, ularning nisbatini belgilash juda murakkabdir. Klassik iqtisodiyotning zamonaviy iqtisodiyotdan farqlaridan biri, zamonaviy iqtisodiyotda valyuta siyosati iqtisodiy islohotlarning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli, respublika hukumati ushbu masalaga juda katta e'tibor qaratmoqda.
Valyuta siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati bilan uzviy bog’liqdir. Ularning ikkalasi ham davlat iqtisodiy siyosatning ajralmas qismidir.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlatning makroiqtisodiy maqsadlarining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, valyuta siyosatini tartibga solish va valyuta siyosatini muvaffakiyatli amalga oshirish uchun barcha tegishli huquqiy asoslar va shart-sharoitlarga egadir.
Shu tarzda, O’zbekiston Respublikasi hukumati, Markaziy bank va valyuta nazoratining boshqa organlari tomonidan iqtisodiy islohotlar mobaynida kurilgan chora-tadbirlar quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi:

  • valyuta siyosatining huquqiy asosini vujudga keltirish;

  • samarali valyuta nazorati va tartibga solish tizimini tashkil etish;

  • iqtisodiy agentlar o’rtasida chet el valyutasini samarali qayta taqsimlash mexanizmlarini tashkil etish;

  • to’lov balansini tartibga solishning zamonaviy uslublarini qo’llash;

  • birja va birjadan tashqari valyuta bozorlari faoliyatini yanada takomillashtirish;

  • naqd va naqd pulsiz tarzda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, valyuta risklari oldini olishning savdo va nosavdo operatsiyalari mexanizmini belgilash;

  • xorijdan mablag’ jalb qilishning taktika va strategiyasini belgilash;

  • davlatning oltin-valyuta zahiralarini samarali boshqarish;

  • xalqaro moliya tashkilotlari bilan o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish;

  • valyuta kursini samarali tartibga solish;

  • milliy valyutaning ichki konvertirlanishini ta'minlash;

  • respublikamiz to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha milliy valyuta konvertirlanishini bosqichma-bosqich joriy etilishi bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Shu bilan birga, respublikamizda amalga oshirilayotgan valyuta siyosatini umumlashtirish va unga tavsif berishda uning quyidagi o’ziga xos jihatlarini ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:

  1. Tashqi salbiy omillar ta'siridan himoyalanish va iqtisodiyotni, shu jumladan moliya-pul tizimini milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar ko`rish. Ma'lumki, davlatning iqtisodiy va moliyaviy asosiga putur etganda u kulab tushishi mumkin. M.Fridman, o’zining «Kapitalizm va erkinlik» asarida yozganidek, «umumiy e'tirofga kura, pullar ustidan nazorat qilish, iqtisodiyot ustidan nazorat qilishning muhim vositasi bo’lishi mumkin». O’zbekiston himoyalanish chora-tadbirlariga qat’iy amal qilgan holda, Janubiy- Sharqiy Osiyo, Rossiya Federatsiyasidagi global valyuta-moliyaviy tangliklar ta'sirini kamaytirishga muvaffak bo’ldi.

  2. Iqtisodiyotni samarali va teng huquqli asosda jahon xo’jaligiga integratsiya qilinishini ta'minlash yo’lini tanladik. Eksport bazasi ancha sust bo’lgan shart-sharoitda ichki valyuta bozori erkinlashtirilishini sun'iy tarzda tezlashtirish samarali integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin edi. Ushbu vazifani hal etish, ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish va mamlakatimizdagi tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi hisobga olinib, chuqur uylangan davlat strategiyasi qabul qilinishini talab etadi.

  3. Iqtisodiy o’sish jarayonlarini ta'minlash. Ushbu vazifani hal etishda, birinchi o’rinda valyuta mablag’laridan faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviylashtirish va texnikaviy qayta tashkil etishda, qo’shimcha qiymatning yuqori ulushini ta'minlaydigan yangi ilg’or korxonalarni vujudga keltirishda foydalanish valyuta siyosatining eng asosiy vazifasidir. Iqtisodiy nuqtai-nazardan qaraganda, ushbu vazifalar yuqorida qayd etilgan ikkita masalaga nisbatan bazis vazifadir. Chunki, davlat o’zining strategik vazifalari nuqtai-nazaridan ilg’or sanoatlashgan jamiyatlar tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalarni import qilishi, qayta ishlashi va o’z shart-sharoitiga moslashtira olishi uning iqtisodiy taraqqiyoti ta'minlanishini belgilab beruvchi muhim omildir.

Milliy valyuta sumning muomalaga kiritilishi va moliyaviy sohada islohotlarni chuqurlashtirish vazifasi uning huquqiy bazasini yanada rivojlantirishni, bozor talablariga muvofiq ravishda banklar faoliyatining barcha jihatlarini tartibga soluvchi alohida qonunni ishlab chiqishni talab qilar edi.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi Markaziy bankning pul-kredit siyosati vositalari yordamida iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ sifatidagi maqomini shakllantirishda muhim voqea bo’ldi. 1996 yilda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi taxrirda qabul qilinishi banklarning maqomi, maqsad va vazifalari hamda faoliyat ko’rsatish shartlarini aniq belgilagan holda tijorat banklarining barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun huquqiy asos yaratdi.
O’zbekistonning kuchli bank tizimini shakllantirishda mamlakat hukumati banklarning bozor iqtisodiyotida tutgan o’rnini chuqur tushungan holda ushbu sohaga e'tiborini alohida qayd etib o’tish lozim. Isloxotlarning dastlabki davridan boshlab, banklar 4 yil muddatga bir qator soliqlardan ozod etila boshlandi. Soliqlardan ozod etilgan mablag’lar banklarga zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga imkoniyat yaratdi.
1993 yil may oyida O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni qabul qilinishidan so’ng, Markaziy bank valyutani tartibga solish masalalari bo’yicha yangi me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqdi.
Valyuta operatsiyalari bo’yicha qonun bazasini tashkil qilish va amalga oshirishda qisqa vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Valyutani tartibga solish muhitini huquqiy bazasini tashkil qilish joriy iqtisodiy ahvolini tahlili natijalarida amalga oshirilayotganligini uning o’ziga xos xususiyati bo’lib ajralib turadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari; ichki valyuta bozorini mexanizmini ishlab chiqish; respublika hududida xorijiy kapital ishtirokida xorijiy banklarni tashkil qilish, ro’yxatdan o’tkazish va akkreditatsiyalash qoidalari; xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga litsenziya berish qoidalari; rezident va norezident - yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutada hisobvaraqlarini ochish va ishlash qoidalari; huquqiy va jismoniy shaxslarga O’zbekiston hududidan tashqarida hisobvaraqlarini ochish qoidalari; respublika hududida valyuta operatsiyasi bilan bog’liq kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari; bank tashkilotlarida valyuta qimmatliklari bilan bog’liq kassa operatsiyalarining tartibi va boshqa savollarni o’z ichiga olgan me'yoriy hujjatlarni tahlil etish natijasida ekanligini ta'kidlash - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, o’z valyuta siyosatini davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, valyuta munosabatlarini va valyuta bozorini erkinlashtirishga bosqichma-bosqich amalga oshirayotganligi kurinadi. Hozirgi kunga kelib, mamlakatdagi iqtisodiy jonlanishini inobatga olgan holda, va ayniqsa, mamlakatga chet el investitsiyalarini jalb etish jarayonini rivojlantirish maqsadida mavjud valyuta cheklashlarni kamaytirish yo’li bilan valyuta munosabatlarini va valyuta bozorini erkinlashtirish lozim. Valyuta bozorini erkinlashtirish va vakolatli banklarni valyuta munosabatlarini rivojlantirishdagi amalga oshiriladigan vazifalarini aniq belgilab olish - milliy valyutaning to’la konvertirlanishiga olib keladigan asosiy chora-tadbirlardan biridir.
Keyingi yillarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning tashqi aloqalari doirasi ancha kengayib, xalqaro moliya tashkilotlari va yirik xorijiy banklar bilan o’zaro foydali hamkorlik yanada rivojlandi. Xususan, XVF tomonidan xalqaro andozalarga mos ravishda bank qonunchiligini yaratish, buxgalteriya hisobining yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish, yangi hisob va hisobotlarni kiritish, shuningdek, to’lov tizimini takomillashtirish masalalari hamda mutaxassislarni ukitish va kasbiy malakasini oshirish bo’yicha yordam berildi.



Download 340.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling