Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati
Download 340.5 Kb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy valyuta siyosati
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:
xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi; xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati tashkilotlari). Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan: 1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog’liqligi. 2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi. 3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya. 4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror emasligi. 5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin. Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi. Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir. Download 340.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling