Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlariga


Download 78.9 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi78.9 Kb.
#1586156
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlari Moliya kurs ishi

Oldingi tahrirga qarashimiz mumkin.
Belgilab qo‘yilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
4. Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) buxgaltyerlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgaltyerlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020-yil 31-dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin;
2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
7. Belgilansinki:
2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.

Download 78.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling