Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlariga
Download 78.9 Kb.
|
Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlari Moliya kurs ishi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi; b) oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi: dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda; imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda; imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son) 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o‘rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin; 2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qo‘llash bilan bog‘liq hamda MHXS fondi yillik badallar to‘lash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablag‘lar ajratilishini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin; ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — mazkur qarorning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini ta’minlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg‘unlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov — ta’lim jarayonlariga MHXSni chuqur o‘qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS bo‘yicha sertifikatlash va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin; mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirsin; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tashkil etsin. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti butunjahon mamlakatlari orsida moliyaviy va buxgalteriya hisobini rivojlantirish bo’yicha oldinga qo’yilgan eng katta qadamlardan biri sifatida baholash mumkin bo’lgan voqealardan hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarining ishlab chiqilishi va undan foydalanuvchi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning bosqichi sifatida qarash mumkin. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti bo’yicha berilgan ma’lumotlar orqali yangidan yangi investorlar va kretidorlar e’tibori qaysidir ushbu standartdan foydalangan holda hisobotlar tayyorlovchi korxona, firmalar xizmat ko’rsatish sohalaridagi sub’ektlarga tushishi va unga bo’lgan qiziqishni orttirishi mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida xalqaro standartdagi hisobotlar asosan jahon tillarida tayyorlanishi va ma’lumotlarni olish oson va tushunarliligi. Ushbu standartni ishlab chiqishdan asosiy sabab ham shu desak mubolag’a bo’lmaydi. 1 M.Bonham and others. Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.102-104. 2 M.Bonham and others. Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.10-13. 3 M.Bonham and others . Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.13-17. 4 https://lex.uz/docs/-4746047,PQ-4611 24.02.2020 Download 78.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling