Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlariga


MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”


Download 78.9 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi78.9 Kb.
#1586156
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro moliyaviy hisobotning standartlari Moliya kurs ishi

1.5. MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”
MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:
(a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;
(b) buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan;
(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir.
Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:
(a) o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va
(b) u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa tahrirlarini qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti qo’llanilishi hali shart bo’lmagan yangi MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat etilganida qo’llashi mumkin.
Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:
(a) MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak;
(b) MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;
(v) oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qo’llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo’yicha xuddi shu sanaga qo’llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o’tish sanadan oldin ro’y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo’ladi. SHu bois, tadbirkorlik sub’ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o’tish sanasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.
Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ba’zi jihatlarini retrospektiv qo’llashni taqiqlaydi.
1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak:
(a) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish;
(b) xejni hisobga olish;
(v) nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar;
(g) moliyaviy aktivlarning taniflanishi va baholanishi;
(d) singdirilgan derivativlar; va
(e) davlat zayomlari.
2- ta’qiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo’lish. Tadbirkorlik sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin.
(a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga qaror qilishi mumkin:
(a) aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar;
(b) sug’urta shartnomalari;
(v) shartli tannarx;
(g) ijara;
(e) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;
Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo’llash bo’yicha dastlabki ma’lumotlar:
“A” tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxiri 2015 y 31 dekabrga to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti ushbu moliyaviy hisobotlaridagi qiyoslanadigan ma’lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga qaror qildi. SHuning uchun, uning MHXSlarga o’tish sanasi 2014 y 1 yanvarda ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013 y 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti o’zining moliyaviy hisobotlarini 31 dekabrda yakunlanadigan va 2014 y 31 dekabrgacha bo’lgan (shu jumladan 2014 y 31 dekabrni ham o’z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan Talablarni qo’llash A” tadbirkorlik sub’ekti 2015 y 31 dekabrda tugaydigan davrlar uchun amalda bo’lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga nisbatan qo’llashi lozim:
(a) 2014 y 1 yanvar holatiga MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va
(b) 2015 y 31 dekabr holatiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni), 2015 y 31 dekabrda yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) hamda ochib beriladigan ma’lumotlarni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) tayyorlashda va taqdim qilishda.
Agar yangi MHXSning qo’llanishi shart bo’lmasa, lekin muddatidan oldin qo’llanishiga ruxsat etilsa, “A” tadbirkorlik sub’ektiga ushbu MHXSni uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qo’llash ruxsat etiladi, lekin talab qilinmaydi.tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim qilgan.
(j) sho’ba tadbirkorlik sub’ekti, qaram tadbirkorlik sub’ekti va qo’shma korxonalarga investitsiyalar;
(z) sho’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalarning aktivlari va majburiyatlari;
(i) murakkab moliyaviy instrumentlar;
(y) oldin tan olingan moliyaviy instrumentlarni belgilash;
(k) moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarni dastlab tan olishda ularning haqqoniy qiymatlari bo’yicha baholash;
(l) ob’ektlarni foydalanishdan chiqarishga tegishli bo’lgan va asosiy vositalarning tannarxiga kiritilgan majburiyatlar;
(m) MHXSSHQ 12 “Xizmat ko’rsatish bo’yicha kontsession shartnomalar” ga ko’ra hisobga olingan moliyaviy aktivlar yoki nomoddiy aktivlar;
(n) qarzlar bo’yicha xarajatlar;
(o) xaridorlardan aktivlarni o’tkazish;
(p) moliyaviy majburiyatlarni ularning o’rniga ulushli instrumentlarni berish orqali so’ndirish;
(r) kuchli giperinflyatsiya;
(s) birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar; va
(t) konni ochiq usulda qazish bosqichidagi tozalash xarajatlari.
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu istisnolarni o’xshashlik asosida boshqa moddalarga nisbatan qo’llamasligi kerak.
(a) MHXS 9 bo’yicha qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblash talabidan istisno;
(b) moliyaviy instrumentlar to’g’risida ochib beriladigan ma’lumotlar;
(v) xodimlarning daromadlari ;
(g) investitsion tadbirkorlik sub’ektlari.
Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga o’tish sanasida MHXSlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlari ushbu sanada oldingi BHUTlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni aks ettirish uchun tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu taxminiy baholashlar noto’g’ri ekanligiga ob’ektiv dalil bo’lmasa.
Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari kamida uchta moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobotni (agar taqdim qilinadigan bo’lsa), ikkita pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni va ikkita kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim qilinadigan hisobotlarga qiyoslanadigan ma’lumotlarni, o’z ichiga olishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o’tish uning hisobotida ko’rsatilgan moliyaviy holati, faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimlariga qanday ta’sir o’tkazganini tushuntirishi kerak.
MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
(a) quyidagi sanalarning ikkalasi uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan MHXSlar talablariga muvofiq bo’lgan kapital o’rtasidagi solishtirmani:
- MHXSlarga o’tish sanasi; va
- tadbirkorlik sub’ektining oldingi BHUTlarga mos bo’lgan oxirgi yillik moliyaviy hisoboti taqdim qilingan eng so’nggi davrning oxiri.
(b) tadbirkorlik sub’ektining oxirgi yillik moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng so’nggi davr uchun MHXSlarga muvofiq bo’lgan jami umumlashgan daromadning solishtirmasi. Bunday solishtirma aynan o’sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik sub’ekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko’rsatmagan bo’lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak.
(v) agar tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar birinchi marta tan olingan yoki qayta tiklangan bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga o’tish sanasidan boshlanadigan davrda ushbu qadrsizlanishdan olingan zarar tan olingan yoki qayta tiklanganida MHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib berilishi talab qilingan ma’lumotlarni.
Agar tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida asosiy vositalar, investitsion mulk yoki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini ularning shartli tannarxi sifatida olsa (foydalansa), ushbu tadbirkorlik sub’ekti MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotining har bir satrida ko’rsatilgan modda bo’yicha quyidagilarni o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida ochib berishi kerak:
(a) ushbu haqqoniy qiymatlarining umumiy summasini; va
(b) oldingi BHUTlar bo’yicha ko’rsatilgan balans qiymatlariga tuzatishlarning umumiy summasini.

Download 78.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling