Xalqaro moliyaviy riskning mohiyati


Download 17.71 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi17.71 Kb.
#1234676
Bog'liq
moliya sher


  1. Xalqaro moliyaviy riskning mohiyati.

1. Valyuta risklarini samarali boshqarish xalqaro moliya munosabatlari ishtirokchilari faoliyatida dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Jahondagi yirik korporatsiyalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy risklarning barcha turlarini o‘rganib borish hamda ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda alohida risklar bo‘yicha menejerlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Risklar bo‘yicha menejer moliyaviy risklarni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni faoliyatning turli sohalari bo‘yicha masʼul bo‘lgan boshqa mutaxassislarga taqdim etib boradi. Shuningdek, risklar bo‘yicha menejer risklar darajasini aniqlash, ularni maksimal darajada kamaytirish va sug‘urtalash masalalari bilan shug‘ullanadi. Zamonaviy jahon xo‘jaligidagi munosabatlar bozor ishtirokchilaridan konyunktura o‘zgarishiga tezda moslashishni, moliyaviy natijalarni uzoq muddatga bashoratlashni, samarali strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishni hamda barqaror faoliyat yuritishni talab etadi.

  1. Xalqaro moliyaviy risklarning tasniflanishi.

2. Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Moliyaviy risklar korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan munosabatlari kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga asosan, inflatsion omillar, banklarda kreditlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog‘ozlar narxining tushib ketishligi kabi omillar ta’sir qiladi. Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida risklarning turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida qator risklarga duch keladilar. Shuning uchun risklarning tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Risk turlarining deyarli barchasi korxonalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog‘ida o‘z faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda risklarning bir necha xil turlari sanab o‘tilgan. Risklarni boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lishga bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashning turli xil ko‘rinishlari berilgan. Korxonalar xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida uchraydigan risklarni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin: 1)xo‘jalik faoliyatining shakliga ko‘ra: - tijorat riski; - moliyaviy risk. 2)namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra barcha turdagi risklar (1.4.2- rasm): - sof risklar; - spekulativ risklar. 3)risklarni yuzaga kelish sohasiga ko‘ra: - tashqi risklar; - ichki risklar. 4)paydo bo‘lish xususiyatiga ko‘ra: - subyektiv; - obyektiv.
Moliyaviy risk deganda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish (bankka mablag‘larni qo‘yish, aksiyalar muomalasi, birja faoliyati va hokazo) chog‘ida vujudga keladigan risklar tushuniladi.
Moliyaviy risklar:
-bozor riski ;
-valyuta riski;
-kredit riski ;
-inflatsiya riski;
-investitsion riski;
-foiz riski.



  1. Makroiqtisodiy risk va uning yuzaga kelish shart-sharoitlari.

  2. Risklarni boshqarish algoritmining asosiy bosqichlari va ularning mohiyati.

  3. Xalqaro moliya bozorlarida risklarni baholashda xalqaro reyting agentliklarining ahamiyati.

  4. Likvidlik va operatsion risklar.

  • 6. Operatsion risk – operatsion xatarlarni samarali boshqarish uchun siyosat va tartiblarni koʻrib chiqish va moslashtirishga koʻmaklashish; bu firibgarlik va boshqa ichki yoki tashqi jinoyatchilik harakatlarini, jarayonlar, nazorat va tartiblarni taqsimlashni va tizim nosozligini oʻz ichiga oladi; muayyan risk vaziyatlari va riskga moyil holatlarni kuzatib borish va zarurat tugʻilganda, maxsus boʻlimni tashkil qilishda qoʻllab-quvvatlanadi


  • Likvidlik riski -


  • 1) kompaniya yoki moliya instituti o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish uchun zarur miqdordagi likvid mablag'ga ega bo'lmaslik ehtimoli bilan bog'liq xavf. Masalan, bankda omonatchilar yoki kreditorlarning talablarini tez va etarli darajada qondira oladigan moliyaviy resurslar (odatda naqd pul) mavjud emasligi xavfi;


  • 2) investitsiya muddati tugagunga qadar investitsiya qilingan mablag'larni jiddiy yo'qotishlarsiz qaytarishning mumkin bo'lmasligi ehtimoli;


  • 3) qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorda tegishli narxda sotilmasligi ehtimoli.

Download 17.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling