Ayni paytda g'arb mamlakatlari iqtisodiyoti ham ko'p jihatdan sobiq mustamlakalarga bog'liq bo'lib qoldi. 1950-yil iyunda boshlangan Koreyadagi fuqarolik urushi bu boradagi ilk faoliyat maydoni bo'ldi. Harbiy harakatlar bu yerda 25-iyunda boshlandi, iyundayoq Amerika flot va aviatsiyasi Janubiy Koreyaga yordamga keldi. AQSH BMTga Shimoliy Koreyaga qarshi chora ko'rish haqidagi iltimos bilan murojaat etdi, amerikalik diplomatlarning fikricha, Janubiy Koreyaga qarshi tajovuz gildi. Shimoliy Koreya qo'shinlari hujumiga qarshi turish uchun Janubiy Koreyaga BMT kuchlarini jo'natish haqida Xavfsizlik Kuchlaridan rezolyutsiya olingach, AQSH BMT bayrog'i ostida urush olib bordi. Biroq Xitoyning urushga aralashishi amerika go'shinini maylubiyatga ohb keldi va ular avvalgi marraga qaytish-ga majbur bo'ldi. Koreya xalq demokratik respublikasi (KXDR) va Janubiy Koreya o'rtasida 1953 ail 24-iyulda murosaga kelishildi. 38-parallel bo'yicha, ya'ni ilgarigi chegara chizig'i bo'ylab demarkatsiya chizig'i va demilitarizatsiyalashgan zona o'rnatildi.
NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunioda o'tkir inqirozli vaziyatlarni sun'iy ravishda yuzaga keltira bosh-ladi, o'z ittifoqchilarini "kommunistik tajovuz" mavjudligiga ishontirish va ularni o'z tashqi siyosati doirasiga chuqurroq tortishga urindi.
Demarkatsiya — davlatlar o'rtasidagi chegarani qonunchilik tartibida o'rnatish. Demarkatsiya — davlatlar o'rtasidagi chegarani qonunchilik tartibida o'rnatish. Demilitarizatsiyalashgan zona — xalqaro shartnoma yoki balm bilan o'rnatilgan shunday hududkl, unda harbiy-sanoat korxonalar, istehkomlar qurish, belgilangan miqdordan ortiq qurolli kuchlar saqlash man etiladi. Jeneva bitimi Vyetnam, Laos va Kampuchiya xalqlariga mustaqillik berishni ko'zda tutdi, ular neytralitetint kafolatladi, ular hududiga chet el qo'shinini kiritish, harbiy bazalarni yaratish va yangi qurol-aslahatlarni olib kirishni man etdi. Amerika hukumati Jeneva konferensiyasi qarorlariga qarama-qarshi o'laroq, Janubiy Vyetnamga harbiy yordam ko'rsatish haqida qaror qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |