Xalqaro munosabatlar


Download 0.51 Mb.
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278605
Bog'liq
malakaviy amaliyot Abror Rahmatov


Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi 3-kurs talabasi
Rahmatov Abrorning malakaviy amaliyot oʻtagani boʻyicha

HISOBOTI

Malakaviy amaliyot 2023-yil 23-fevraldan 18-fevralga qadar davom etdi. Amaliyot oʻtash uchun biriktirilgan tashkilot – “O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz”


Malakaviy amaliyotning birinchi haftasi davomida O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz faoliyati tuzilishi, tarkibi faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1694-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida tashkil etilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 17- fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli Qaroriga muvofiq Markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilib, Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3105-sonli Qarori bilan Markaz Fanlar akademiyasi huzurida o‘z faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi
O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha
Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz TUZILMASI

Jami: 15 birlik, jumladan 1 birlik yordamchi xodim
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi maqomidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Amaliyot davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan o’tkazilgan turli xil dasturlarida ishtirok etdim. Markazning ichki va tashqi tuzilishi haqida yetarlicha malumotlarga ega bo’ldim. Malakaviy amaliyot muvaffaqiyatli oʻtdi.


Xalqaro munosabatlar
3-kurs talabasi Rahmatov Abror
Malakaviy amaliyot
rahbari Qahhorova Matluba
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling