Xalqaro nordik universiteti 3-mts 23 guruh talabasi


Nutqning og‘zaki va yozma shakllari. Ma’lumki, adabiy tilning ikki xil – og‘zaki va yozma shakllari bor


Download 24.1 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi24.1 Kb.
#1828057
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
m6Oimqow4c1kjgr3oOLyOr 9bufEBNM2

Nutqning og‘zaki va yozma shakllari. Ma’lumki, adabiy tilning ikki xil – og‘zaki va yozma shakllari bor.
Og‘zaki adabiy til eng qadimgi shakl bo‘lib, qadimgi xalq qo‘shiqlari, dostonlari, ertaklari, cho‘pchaklari, latifalari, xalq maqollari, matallari va topishmoqlarining deyarli hammasi ana shu xalq og‘zaki adabiy tilida yaratilgan va og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan.
Yozma adabiy tilning paydo bo‘lishi, odatda, biror xalqning yoki bir guruh xalqlar yozuvining, ancha rivojlangan yozma adabiyotning, shuningdek, ma’lum bir an’anaga ega bo‘lgan madaniyatning mavjudligi bilan bog‘liq. Yozma o‘zbek adabiy tili tarixan ancha ilgarigi davrlardayoq, ya’ni turkiy adabiy til sifatida X-XI asrlardayoq, o‘zbek xalqining o‘z adabiy tili sifatida esa XIII asrdan boshlab mavjud bo‘lgan. Yozma adabiy til qoidalari til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida joriy qilingan bo‘lib, aniq shakllangan til shakli hisoblanadi.
O‘zbek adabiy tili normalari imiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Leksik-semantik normalar – so‘z qo‘llash normalari.
2. Talaffuz normalari.
3. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) normalari.
4. Fonetik normalar.
5. Grammatik (morfologik va sintatktik) normalar.
6. So‘z yasalish normalari.
7. Imloviy normalar.
8. Yozuv(grafika) normalari.
9. Punktuatsion normalar.
10. Uslubiy normalar.
Bu normalarning barchasi ham muhim. Ammo nutq jarayonida fonetik, leksik, morfologik, sintaktik normalarga rioa qilmaslik oqibatida nutqiy g‘alizliklar kelib chiqishi mumkin. Shunga ko‘ra yuksak nutqiy madaniyatga erishaman degan har bir ziyoli bu normalarni chuqur o‘zlashtirishi, ularga o‘z nutqida qati’y rioya etmog‘I lozim bo‘ladi.
Nutq madaniyati sohasi umuman ona tilida emas, balki jamiyat a’zolarini ona tilining maxsus shaklida – madaniy shaklida gapira olishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Tilning bunday shakli ma’lum bir milliy tilda gaplashuvchi ijtimoiy guruhlarning batchasi uchun mushtarak bo‘lgan til – adabiy tildir. Shu tufayli nutq madaniyati uchun kurash – bu kishilarning o‘zaro har qanday fikr almashishini madaniylashtirish (masalan, sheva yoki lahjalarda gaplashish) uchun kurash emas, balki butun millat a’zolari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda to‘g‘ri fikr almashish uchun kurashdan iborat. Shunga ko‘ra:

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling