Xalqaro nordik universiteti 3-mts 23 guruh talabasi


Download 24.1 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi24.1 Kb.
#1828057
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
m6Oimqow4c1kjgr3oOLyOr 9bufEBNM2

Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti – leksik-semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir.
So’zlarni bir-biriga mazmunan bog’lash, ular o’rtasidagi grammatik aloqani to’g’ri shakllantirish sintaktik me’yorga amal qilishning asosiy sharti bo’lib hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs so’zlarining diktor tomonidan uyg’un tarzda qo’llanib yuborilishi mantiqning buzilishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling (Televideniyedan). Kuyni tinglash mumkin, ammo raqsni-chi? Hammomda qatiq va shisha idishlar iste’mol qilish man etiladi («Mushtum» jurnali) misoli to’g’risida ham shu gapni aytish mumkin.
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o’zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo’lishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo’lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo’lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo’lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo’lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo’layotgan o’zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo’lishi lozim.
2.NUTQNING TOZALIGI
Xo’sh, nutqimizning toza bo’lishiga xalaqit berayotgan lingvistik elementlar qaysilar? Bular asosan dialektizmlar va varvarizmlardir. To’g’ri ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo’lmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy ruhni bermoqchi, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilmoqchi yoki boshqa bir maqsadni ko’zlagan bo’lsin. Ana shunday paytlarda tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Masalan: Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara badkirdor na sababdan mundoq yomon so’zlarni elga tarqatding (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy ruhni (xorazm ruhini) berishga xizmat qilayotgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar – chet so’zlar badiiy matnda xarakter yaratishda yozuvchiga ko’maklashgan : Dubora yana bordi bir ishga shul, / So’kib – net, - dedi, kelma durrak, poshul! (Muqimiy). Yoki H.H.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi qozi nutqini olaylik. U o’zining bilimsiz ekanligini yashirish uchun ataylab arabcha-forscha so’zlarni ishlatishga intiladi: Qozi. Ayni hikmat so’zlaysiz! (Ђofirga) Hozirgi inoding ayni hamoqat !
Dialektal so’zlarning badiiy adabiyotda o’rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo’lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizimlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi.
Shevalarimizda shunday leksik birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu kabi so’zlarning adabiy me’yori haqida nima deyish mumkin? A.Yu.Aliyev «O’zbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va o’zbek tili nutq madaniyati» nomli ma’ruzasida «Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug’atlarida uchramaydi. Lekin dialekt va shevalarda mavjud bo’ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlarini anglatuvchi so’z va atamalarni hyech ikkilanmasdan shevalardan olib adabiy tilga kiritishimiz kerak», - degan fikrni aytib, uning tasdig’i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: cho’kkala (laganbardor), o’tik (o’tadigan joy), kechik (kechib o’tadigan joy), sarimsoq (go’dakning nomi qo’yilguncha bo’lgan ismi), uzuchak (uchta bola tuqqan xotinning bolalari yoki qo’yning qo’zilari), madang (yog’ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang’i-qasang’i (yengil tabiat odam), o’mgan (ko’krak), arpabodiyon (ukrop turi), o’ymoq (angishvona) singari
Tadqiqotchining aytgan fikrlariga qo’shilish mumkinu, keltirgan misollarini ma’qullab bo’lmaydi. Chunki kechik, qalang’i-qasang’i, arpabodiyon, o’ymoq, o’mgan so’zlari «O’zbek tilining imlo lug’ati»da bor, demak, allaqachon adabiy tilga qabul qilingan, me’yorlashgan. O’tik so’zi ham o’tuv va o’tadigan joy tarzida iste’molda. Cho’kkala so’zini adabiy tilga qabul qilganda ham endi uning laganbardor so’zini siqib chiqarishi qiyin. Sarimsoq so’zini balki o’ylab ko’rish mumkindir, ammo madang so’zini adabiy tilga olib kirib bo’lmaydi. U umumxalq tili mulki bo’lib qolaveradi, ammo ilmiy-texnika inqilobi ro’y bergan hozirgi zamonda yog’ochdan qilingan eshik qulfining - o’zi yo’q bo’lib ketgan narsaning nomini adabiy tilga olib kirishga hojat yo’q.
To’g’ri, umumxalq tilidagi ayrim so’zlar, haqiqatdan ham adabiy tilga kirmasdan qolgan. Bu holni faqat lug’atlarni tuzuvchilarning kamchiligi yoki ana shunday so’z va tushunchalarning mavjudligidan xabardor emasligida deb baholanishi mumkin. Masalan, yangi tuqqan sigirning sutidan tayyorlangan taomning kilagay/ gilagay/ galagay, yangi tuqqan qo’y-echkining sutidan tayyorlangan taomning esa qag’anoq/ /qog’onoq deyilishi o’zbek tili vakillarining hammasiga, jumladan, tilshunos-lug’atshunoslarning barchasiga ham ma’lum bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «O’zbek tilining imlo lug’ati»ga bu so’zlarning ikkinchisi kirgan, birinchisi kirmasdan qolgan. Aslida o’zbeklarning chorvachilik bilan shug’ullanadigan qismi yoki uylarida sigir, qo’y, echki saqlab, ularning sut-qatig’idan foydalanadiganlari ana shu taomlarni tayyorlashadi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Shunday ekan, bu so’zlarni faqat sheva so’zlari deb bir chetga surib qo’yib bo’lmaydi va ular adabiy tilga kirishga haqli. Shu ma’noda A.Yusupov keltirgan to’tra / to’rta (yog’ quyqasi) so’zini ham adabiy tilga kiritish mumkin. Bu kabi lingvistik birliklar turli kasblar va sohalarda kuzatiladi.
Nutq madaniyati haqidagi ta’limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, unga qadar qadimgi Misr, Ossuriya, Bobil (Vavilon) va Hindiston mamlakatlarida paydo bo’lganligi notiqlik san`ati tajribasidan ma’`lum. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san`at darajasiga ko’targan edi. Chunki u paytlarda davlat arboblarining obro’e`tibori va yuqori lavozimlarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Notiqlik san`ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug’langan. Bu ikki san`atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman etuk inson bo’lish uchun, albatta, notiqlik san`atini egallash shart qilib qo’yilgan. Grek notiqlari Demosfen, Aristotel va Rim notiqlari Siseron, Kvintilian kabi nazariyotchilarning hayotlaribunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san`atining o’ziga xos maktabini yaratdilar. Sitseronning “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” asalari, Mark Fabiy Kvintilianning “Notiq bilimi haqida”, Aristotelning “Ritorika” kabi asarlari ham qadimgi Rim va Yunonistonda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlanganligini ko’rsatuvchi bir omildir.

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling