Xalqaro Nordik Universiteti Tadjibayeva Nargiza Xolmatjanovna
Download 155.17 Kb. Pdf ko'rish
|
bolalar ovqatlanishida
Xalqaro Nordik Universiteti Tadjibayeva Nargiza Xolmatjanovna Mavzu:Bolalar ovqatlanishida uglevodlarning ahamiyati Uglevodlar bola oranizmining moddalar va energiya almashinuvida, o’sib rivojlanishlanishida, asosiy va qo`shimcha oziq moddalarga bo’lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega. O`suvchi organizmlarning iste`mol taomlarida uglevodlarning zaruriy miqdorda bo`lishi, tanadagi fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni me`yorida borishini ta`minlaydi. Shu sababli o`suvchi yosh organizmlar, ya`ni bolalarning oqilona ovqatlanishini to`g`ri tashkil qilishni talab etadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 10 noyabr 2020- yilda qabul qilingan, PQ- 4887 sonli “ Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora- tadbirlar” to`g`risidagi qarorlarida, aholining sog‘lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta’minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir insonda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish bolalarda semizlik, qandli diabet, yurak qon-tomir kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ma'lumki, kunlik iste`mol qilinadigan oziq- ovqat mahsulotlari tarkibidagi makronutriyentlardan biri uglevodlar bolalarning o`sishi, rivojlanishi, aqliy va jismoniy kamolotida va organizmda kechadigan boshqa fiziologik jarayonlarning maromida kechishi uchun muhim hisoblanadi. Shu bois ularning kunlik ovqat bilan qabul qilib turiladigan miqdorining keskin kamayishi organizmda boradigan jarayonlarg salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bolalar organizmi o`sish va rivojlanish xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Buning asosida esa assimlyatsiya va dissimliyatsiyadan iborat bo`lgan moddalar almashinuvi jarayonlari yotadi. Bola qancha yosh bo`lsa, uning o`sishi va rivojlanishi shuncha jadal bo`ladi. Shu bois ham, umumiy sarflanadigan energiyaning asosiy qismi tana massasining o`sishi va bo`y o`ssishiga sarflanadi. Yosh organizmning o`sishi va rivojlanishi ovqatlanish omilining ta`siri natijasida buzilishi, uning jismoniytaraqqiyotini sezilarli daraja me`yoridan chetga chiqarishi mumkin. Bolalarda tana massasi bo`y uzunligiga nisbatan ovqatlanish omiliga juda yaqindan bog`liq bo`lib, oziq- moddlarga nisbatan bo`lgan surunkali taqchillik uni keskin kamaytirsa, ayrim oziq moddalarni masalan, uglevodlarni ko`plab iste`mol qilish buning teskarisiga oshirib yuboradi. Uglevodlarning oziq-ovqat mahsuloti sifatidagi qiymati uning organizmni energiya bilan ta’minlashi bilan o’lchanadi. Amalga oshiriladigan barcha faoliyatlar uchun zarur energiya birinchi navbatda uglevodlar hisobidan ajralib chiqadi . Kunlik ovqatdagi uglevodlarning hissasi oqsillar va yog’larga nisbatan 4-5 barobar ziyod bo’lib, kishilar tomonidan sutka davomida sarflanadigan umumiy energiyaning 50-55 % uglevodlar hisobidan bo’ladi. Bolalar ovqatlanish ratsionidagi uglevodlar zimmasiga to’g’ri keluvchi ulush ko’p jihatdan ularning yoshiga bog’liq. Bola hayotining birinchi yilida kaloriyaga bo’lgan ehtiyojni qoplovchi uglevodlar miqdori 40 % ni tashkil etadi. Bir yoshdan so’ng u 60 % gacha ortadi. Uglevodlar asosiy energetik manba bo’lishi bilan bir qatorda katalitik reaksiyalarda (D-glyukoza-1,6-difosfat, pentozalar va boshqalar) ishtirok etib, muskul, qo’shiluvchi va boshqa to’qimalar tarkibiga kiradi hamda zahira uglevodlarni shakllantiradi [1]. Shu bilan bir qatorda, uglevodlar nuklein kislotalarning muhim qismini tashkil qiladi va qator gormonlar (jinsiy gormonlar, gipofiz gormonlari va boshqalar) tarkibiga kiradi [2]. Ichaklarning harakat funksiyasida qatnashadi va hazm bezlarining sekretor faoliyatida ishtirok etadi .Shuningdek, ular oqsillar bilan kompleks birikmalar tashkil qilib, organizmning himoya funksiyasida faol qatnashadi (mukoproteidlar va boshqalar), bakteriotsitlik xususiyatini namoyon qiladi (pektinlar) hamda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan toksinlarni zararsizlantiradi [4] Organizmning uglevodlarga bo’lgan talabini qondirish nisbatan oqsillar va yog’larga qaraganda osonroqdir. Chunki ular deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida (donlar, ildizmevalar poliz mahsulotlari, meva-chevalar) uchraydi. Shu sababli organizmning uglevodlarga bo’lgan kunlik talabidan ham ko’proq uglevod iste’mol qilinishi tadqiqotlarda keltirib o’tilgan. Lekin faqat uglevodlar bilan ovqatlanish yoki kunlik ratsionning asosiy qismini uglevodlar tashkil qilishi o’ziga xos fiziologik-biokimyoviy va klinik muammolar keltirib chiqaradi . Bunga misol qilib, iste’mol taomlarida poli-, oligo- va monosaxaridlar miqdorining ko’p bo’lishi uglevodlar hisobidan to’yingan yog’ kislotali yog’larning sintezlanishi bois, semirish va shu tufayli ko’pgina kasalliklarning kelib chiqishi, qonda shakar miqdorining ortib ketishi, asab tizimidagi salbiy o’zgarishlar va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin. [4] Shu boisdan, bolalar ovqatlanishida uglevodlarning turlari va ularning miqdorini aniqlash va uni me’yorida bo’lishiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida bolalarning uglevodlarga bo`lgan bir kecha-kunduz ehtiyoji keltirilgan. Download 155.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling