Xalqaro Nordik Universiteti Tadjibayeva Nargiza Xolmatjanovna
Yoshi Mutloq miqdori (g)
Download 155.17 Kb. Pdf ko'rish
|
bolalar ovqatlanishida
Yoshi
Mutloq miqdori (g) Nisbiy miqdor (g/kg) Emizikli davr 113 13-14 1-3 yosh 193 15-16 4-7 yosh 287 13-14 8-13 yosh 370 10-11 Katta yoshdagi 400 Bolalar ovqatlanish ratsionidagi uglevodlar zimmasiga to’g’ri keluvchi ulush ko’p jihatdan ularning yoshiga bog’liq. Bola hayotining birinchi yilida kaloriyaga bo’lgan ehtiyojni qoplovchi uglevodlar miqdori 40 % ni tashkil etadi. Bir yoshdan so’ng u 60 % gacha ortadi. Uglevodlar organizmda aerob va anaerob yo’l bilan parchalanadi. Chaqaloq va murg’ak bolalar to’qimalarida anaerob parchalanish yuqori tezlikka ega. O’sish jarayonida glikoliz sekinlashadi. Faqat ba’zi to’qimalarda, masalan, skelet muskullarida anaerob parchalanish yuqoriligicha qolaveradi. Aerob jarayonlarda hammadan avval pentoz sikl faollashadi. Bu siklda ishtirok etadigan fermentlar faolligi bola hayotining ikkinchi haftasida orta boshlaydi Bola tug’ilganidan keyin bir necha soat o’tgach, homiladorlikning oxirgi oylarida jigarda to’plangan glikogen parchalanib, qonga o’tadi va organizmning energiya sarfini qoplashga ishlatiladi. Tug’ilish oldida turgan homila jigarida glikogen konsetratsiyasi 10 % ga yaqin bo’lsa, 1 kunlik chaqaloqda 1 % ni tashkil qiladi, muskullarda esa 3 % dan ortmaydi. Glikogenning jigardagi zahirasi bola 3 oylik bo’lgunicha tiklanmaydi. Chaqaloq organizmidagi glikogen zahirasi sarflanib ketishi natijasida qonda glyukoza miqdori 25-26 mg % gacha pasayib ketadi. Katta yoshdagi odamda gipoglikemiyaning bunday darajasi komaga olib keladi. Glyukozaning qonda kamayishi glikogenolizni tezlashtiruvchi glyukagonning qonga o’tishini ko’paytiradi, glyukoneogenezni yuzaga chiqaradigan fermentlar faolligini oshiradi. Adrenalin, AKTG va kortikosteroidlar ham chaqaloq qonida glyukoza konsentratsiyasini oshiradi. Bularning ta’sirida bola hayotining birinchi o’n kuni davomida glyukoza miqdori asta-sekin ortadi va chaqaloqlik davrininf oxirida 40-50 mg % ni, emizikli bolalarda 70-80 mg % ni, 7-8 yoshda – 80-100 mg % ni va 12-14 yoshda 90-120 mg % ni tashkil etadi. Ammo iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdori kam bo’lsa, bola 7 yoshga to’lgunicha gipoglikemik reaksiya rivojlanish ehtimoli saqlanib qoladi Uzoq yillik tadqiqotlar tajribalar natijalariga qaraydigan bo’lsak, ularning aksariyatida bolalarning kundalik taomlaridagi umumiy uglevodlar miqdori ko’pincha fiziologik me’yor darajasidan ancha ziyodligi yaqqol ko’zga tashlanadi Bu borada bizning vatanimiz sharoitida bir qator olimlar bolalarning kunlik ovqatidagi uglevodlar miqdorini aniqlash va uni me’yorlashtirish bo’yicha samarali tadqiqot ishlari olib borishgan. Bunday olimlar sirasiga N.V.Voronina [6], A.S.Xudoyberganov , D.SH.Alimuhamedov [3] va boshqalarni kiritish mumkin. Chunonchi, N.V.Voronina 1989-1991 yillari Toshkent shahri o’quvchilari ustida kuzatuvlar olib borib, ularning kunlik ratsionida umumiy uglevodlar miqdori me’yor raqamlaridan sezilarli darajada ko’pligi haqida xulosa qildi. Bir vaqtning o’zida shu narsa ham qayd qilinganki, tekshiruv olib borilgan 3 ta guruh (7-10, 11-13 va 14-16 yoshlilar) qizlarda uglevodlarning ko’pligi og’il bolalarga nisbatan yaqqol ko’zga tashlandi Masalan, ikki guruhdagi qizlarda uglevodlar oshiqchaligi 20,5% ni (o’g’il bolalarda 3,8% ni), uch guruhdagi qizlarda esa bu ko’rsatgich 27% ga tenglashadi. Shu munosabat bilan ovqatlanish formulasidagi uglevodlar hissasi 4 bo’lishi o’rniga 5,3 dan 8 gacha chiqadi. Prof A.S.Xudoyberganov uchta viloyat maktab o’quvchilarining kunlik ovqatidagi essensial va noessensial oziq moddalari miqdorini tahliliy o’rganib chiqqan. Ya’ni, u o’zining Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi (QQAR) sharoitida 7-17 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarning maktabda va kundalik iste’mol taomlarida oziq moddalar miqdorini tahlil qilishga bag’ishlangan tadqiqotida ham kunlik ratsionda uglevodlar hissasini sezilarli darajada ortiqligini e’tirof etadi. Muallif olib borgan tadqiqotlarda uglevodlarning kunlik ratsionida ko’p uchrashi birinchi zonaga (Toshkent shahri) nisbatan ikkinchi (Andijon viloyati) va uchinchi (Xorazm,QQAR) zonalarda yaqqolroq ko’zga tashlanadi. Masalan, kuz faslida birinchi zonada uglevod hissasi 460±26 gramm bo’lgan bo’lsa, ikkinchi zonada bu ko’rsatgich 470±28 grammni, uchinchi zonada esa 520±44 grammga teng bo’lgan. X.S.Xayrov tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida ham o’quvchi yoshlarning iste’mol taomlaridagi uglevodlarning miqdori me’yorga nisbatan ancha ko’p ekanligi aniqlanib, ular hisobiga ovqatning umumiy kalloriyasi o’g’il va qiz bolalarga tegishli ravishda 71% va 72% ga teng bo’lgan. D.SH.Alimuhammedovning kuzatuvlarida ham [3] o’quvchi yoshlarning kunlik ratsionida uglevodlar miqdorining me’yoridan ko’pligi aytib o’tilgan. A.R.Avakyan esa Yerevan shahri sharoitida kollej o’quvchilarining uglevodlarga bo’lgan fiziologik ehtiyoji iste’mol qilinadigan ovqat bilan qoplanishini xabar qildi. Chunonchi, qishgi-bahorgi faslda o’g’il bolalarning sutkalik uglevod qabul qilishi 375 gramm ga teng bo’lsa, yozgi-kuzgi fasllarda bu ko’rsatgich tegishli holda 360-300 gramm ga tog’ri keladi. Moskva shahri misolida olib borilgan tadqiqotlarda esa farqli boshqa ishlardan ravishda 6-17 yoshli o’quvchilarning kunlik ratsionida umumiy uglevodlarning me’yor darajasidan 13,6% kamligi I.I.Kondratyeva va boshqalarning ishlarida qayd qilingan. Bundan tashqari, N.S.Mixalyuk ham o’quvchilar ovqatida uglevodlarning me’yoridan kamligi ularning yoshi va jinsiga qarab 10,3-20,1 % gacha bo’lishini qayd qiladi. Uning aytishicha, o’quvchilar kunlik ovqat ratsionida shakar me’yorida iste’mol qilingan, ammo kraxmal miqdori kamligi bois, uglevodlarning me’yoriga nisbatan kam bo’lishini ta’minlagan Farg’ona viloyati yuqori sinf o’quvchilari orasida tadqiqot olib borgan Sh.Sh.Shomuhamedov va S.N.Rojkovalar o’quvchilarning kundalik ovqati tarkibini tahlil qilib chiqishadi. Olingan natijalar asosida quyidagi xulosalarga kelishgan, unda oq bug’doy unidan tayyorlangan nonning tavsiya qilingan 200 gramm o’rniga o’g’il bolalar sutka davomida 450 gramm, qiz bolalar esa 390 gramm iste’mol qilganligini, shuningdek don, un, va makaron mahsulotlari ham 80 gramm o’rniga tegishli holda 210-162 gramm ga tengligi haqida ma’lumot berishadi. Ya’ni ular kunlik ovqati ratsionida asosiy oziq- ovqat mahsulotlarining belgilab berilgan me’yoriy nisbati buzilgan. Ular iste’mol taomlari ro’yhatida undan tayyorlangan mahsulotlar asosiy o’rin egallashi qayd qilinadi. Download 155.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling