Xalqaro savdo dinamikasi mundarija


Download 284 Kb.
bet12/14
Sana22.04.2023
Hajmi284 Kb.
#1382083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
XALQARO SAVDO DINAMIKASI

Butunjahon savdo tashkiloti 1995 yilning 1 yanvarida ta'riflar va savdo bo'yicha bosh bitim vorisi sifatida xalqaro yagona organ tarzida tashkil topgan. U xalqaro savdo sohasida nazoratchi vazifasini amalga oshiradi. Butunjahon savdo tashkiloti ixtisoslashgan muassasa hisoblanmaydi, ammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan axdlashuv va amaliy hamkorlik o'rnatish huquqiga ega.

Butunjahon savdo tashkiloti faoliyati yadrosi bo'lib, butunjahon savdosi va savdo siyosatining xalqaro huquqiy asosini tashkil etgan 28 bitim xizmat qiladi. Bitimlar uning asosiy maqsadni o'z oldiga qo'ygan:

Ular qo'yidagilar:

  • Savdo oqimining imkon boricha erkin amalga oshirishga ko'maklashish;

  • Munozaralar yo'li bilan bosqichma-bosqich yanada liberallashuviga erishish;

  • Ziddiyatlarni xal qilishning xolisona usullarini yaratish;

Xalqaro savdo munosabatlari haqida mazkur bitimlar savdo muzokaralarining Urugvay raundi Yakuniy aktida o'z ifodasini topgan. Ushbu bitimlar asosida qo'yidagi tamoyillar yotadi: kamsitishlarning yo'qligi (ko'proq qulayliklar yaratish tomoyili), savdoning yanada erkinlashuvi, raqobatni rivojlantirish, shuningdek kam taraqqiy etgan mamlakatlar uchun alohida shartlar. Butunjahon savdo tashkilotining maqsadlaridan biri – oshna-og'aynichilikka barham berish.

Butunjahon savdo tashkilotining rahbar organi vazirlar Konferensiyasi sanaladi, u ikki yilga bir marta chaqiriladi. Kundalik ishlar bilan esa umumiy kengash shug'ullanadi. Butunjahon savdo tashkilotining 1998 yilgi byudjet 80 million dollarni tashkil etadi.


Bosh direktor: Janob Renato Rudjero
Bosh qarorgoh : Jeneva (Shveysariya)
4.O'z xalkaro valyuta fondi, bank va savdo tashkilotlari bilan aloqalari.

O'zbekiston Respublikasi o'z iktisodiy rivojlanishini amalga oshirish maqsadida Xalqaro valyuta fondi, butunjahon banki va butunjahon savdo tashkilotlari bilan faol faoliyat olib bormoqda.

O'zbekiston prezidenti I.Karimov 1998 yil 8 sentabrda Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yo'lini tiklashga bag'ishlangan Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.TRASEKA dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga ishtirokchi mamlakatlar, borki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bilan qarashmoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati bilan bir qatorda Jahon banki ham faol ishtirok etdi. Jahon bankining bundan oldin ham o'tkazilib, kelayotgan tadbirlarda ham faolligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, 1995 yil 3 martda Toshxovuzda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda N.Nazarboyev Orol dengizini qutqarish bo'yicha xalqaro jamg'arma faoliyati haqida ma'ruza qildi. Mazkur jamg'armaga mablag' ajratish masalalari ko'rib chiqildi. Bu jamg'armani amalga oshirishda Jahon banki ham o'zi qo'llab quvvatlash bilan faol qatnashganligi ta'kidlandi.


Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling