Xalqaro savdo dinamikasi mundarija
chizma. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari
Download 284 Kb.
|
XALQARO SAVDO DINAMIKASI
chizma. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari4. Import kvotalari va litsenziyalarni taqsimlash uslublari Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - xuquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi. Litsenziyalash — bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi. Ochiq auktsion — davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi. Afzal ko’rish tizimi — davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi. Xarajat usuli — davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi. Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita sabab bor: Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalashga e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar jo- riy qilishni qo’llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir. Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Quyidagi 3 chizmadan ko’rinib turibdiki, kvotalar joriy qilinishi natijasida umumiy farovonlikdagi yo’qotishlar, tariflar kiritilganidagi singari «b» va «d» sohalardan iborat bo’lsa, «s» soha ruxsat etilgan importga ustama narxlarni ko’rsatadi va aholidan litsenziya beruvchi tashkilotlarga beriladigan transfertni xarakterlaydi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa. - Download 284 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling