Xalqaro savdo dinamikasi mundarija
Download 284 Kb.
|
XALQARO SAVDO DINAMIKASI
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, yangilanish va taraqqiyot yo'li bo'yicha muvafaqiyatli xarakat O'zbekistonning tashqi aloqalarini faollashuvi, uning dunyo xo'jalik aloqalariga keng kirib borishi bilan uzviy bog'liq. Tashqi iqtisodiy faolitni erkinlashtirish bilan valyuta siyosatini erkinlashtirish juda jips bog'langandir. Bu borada Xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik maqsadga muvofiqdir. Xalqaro valyuta fondining xizmatlari muhim ahamiyatga ega. Valyuta siyosatini erkinlashtirish birjadan tashqaridagi valyuta bozorini jiddiy ravishda mustahkamlashni, unda amalga oshiriladigan operasiyalar hajmini kengaytirishni, tijorat banklarining valyutalarni tezda pulga aylantira olish quvvatini oshirishni nazarda tutadi. Bu esa impor qiluvchilarning lisenziyalash ularning chet elda tovar olib kelish uchun ruhsat berishning mavjud tizimini yo'q qilish, valyutaga bo'lgan haqiqiy talab va taklifga ma'qul keladigan almashuv kursini belgilash imkonini beradi.Yuqoridagi chora tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik taxsinga sazovorligini alohida ta'kidlashimiz lozimdir.O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotidagi ijobiy o'zgarishlar-bu iqtisodiy xalqaro tashkilotlar bilan faol aloqani yo'lga quyganligidir, albatta.Xulosa
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi. Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi. Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O’z navbatida ular eng kam va eng ko’p miqdordagi import bojlariga bo’linadi. Eng kam miqdordagi import bojlari o’zaro qulay sharoitlarni yaratib berishni ko’zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo’lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnataladi. Eng ko’p miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va advolor turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barrel neftga nisbatan 2 EVRO. Advolor bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz. Download 284 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling