Xalqaro savdo Reja


R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida


Download 15.31 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi15.31 Kb.
#1800322
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xalqaro savdo-www.genderi.org (2)

R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan o‘tadi (joriy etish, o‘sish, etuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vernon AQShning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQShning texnologik ustunligiga olib kelishini ta’kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiyaning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni

  • o‘zlashtirib, ularni AQShga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini tushuntirishga yordam beradi.

    Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari


    • Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

    • Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

    • Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir. Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.

    Download 15.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling