Xalqaro savdo sotiq Reja
Download 22.13 Kb.
|
Xalqaro savdo sotiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xalqaro savdo sotiq Reja: Xalqaro savdo sotiq tushunchasi. Eksport va import. Eksport va importga ta'sir qiluvchi omillar. Xalqaro savdo bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari ishlab chiqarishning ixtisoslashuv doirasi kengayib boradi. Agar ilgari ixtisoslashuv cheklangan tovar va xizmatlarning afzalligini ta ’minlasa, so‘ngra bu bir guruh tovarlar yuzasidan va nihoyat butlovchi qismlarni tayyorlashdagi ustunlikni beradi. Mehnat taqsimoti tor doirada yuz berganda afzallik cheklanadi, shunga ko‘ra mamlakatlararo tovar ayirboshlash ham ma’lum tovarlar bilan cheklanadi. Mehnat taq simoti chuqurlashgach ustunlik tobora ko‘proq tovarlarga xos bo‘lib ular ayirboshlanadi, xalqaro savdo kengayadi. Hozirgi davrda mehnat taqsimoti doirasi g'oyat keng boMib, u faqat tovarlarni ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi bilan cheklanmaydi, balki mayda-chuyda butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga ham oid boMadi. Hozir texnikaviy murakkab mahsulotlar ko'plab chiqariladiki, ularni yaratish uchun zarur butlovchi qismlarni bir necha mamlakatlarda joylashgan yuzlab, hatto niinglab korxonalar yetkazib beradi. Masalan, hozir zamonaviy samolyot-layner bitta korxonada yigMlib tayyor mahsulotga aylansada, buning uchun zarur butlovchi qismlarni yuzlab, hatto minglab korxonalar yetkazib beradi. Demak, tayyor mahsulotni yaratishda minglab korxonalar ishtirok etadiki, ulardan liar biri mehnat taqsimotida ishtirok etib, ixtisoslashgan ishlarni bajaradi. Mehnat taqsimotining chuqurlashuviga qarab tayyor mahsulotdan tashqari butlovchi qismlar va turli xizmatlarning xalqaro savdo-sotig‘i yuz beradi. Xalqaro savdo-sotiq turli mamlakatlar o ‘rtasidagi tovar ayirboshlashdirki, bu taqqosiy afzallik qoidasiga asoslanadi. Xalqaro savdo-sotiqning miqyosi unda ishtirok etuvchi mamlakatlar iqtisodiyolining ochiqlik darajasiga to ‘g ‘ri mutanosiblikda bo'ladi, ya’ni bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakatlararo tovar ayirboshlash slumchalik keng boMadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida xalqaro savdo-sotiq xalqaro ishlab chiqarishga nisbatan ildamroq o ‘sib boradi. Aytaylik unyoda mahsulot va xizmatlarni yaratish 6 %ga o ‘ssa, xalqaro tovar ayirboshlash 8 %ga ko'payadi, chunki eksportga moMjallangan mahsulot va xizmatlar ko'plab yaratiladi. Xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaqlida boMadi. Eksport — bu tovarlarni mamlakat tashqarisiga chiqarib sotish. Import — bu tovarlarni tashqaridan sotib olib, mamlakat ichiga kiruish. Eksport va importning nisbati tashqi savdo balansi hisoblanadi, u aktiv va passiv holda boMadi. Eksport importdan ko‘p boMganda tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan ko‘p boMganda u passiv boMadi. Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‘p sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan ko'proq xarid etilishini anglatadi. Eksport va import o ‘rtasidagi farq sof eksport boMadi. Eksport — Import - Sof eksDort Savdo balansining holatiga qarab sof eksport musbat ( + ) yoki manfiy (—) boMadi. Eksport import bilan barobar boMganda sof eksport 0 ga teng boMadi, bunday holda netto-balans hosil boMadi. Iqlisodiyotning eksport salohiyati 2 narsaga bogliq o‘ladi: Щ ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; b)ishlab chiqarishning xalqaro mehnat aqsimotidagi ishtiroki va ixtisoslashuv darajasi. Agar ishlab chiqarish qanchalik kuchli bo ‘lsa va uning afzallik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, eksport salohiyati, ya’ni eksportning ishlab chiqarishdagi salmog‘i shunchalik yuqori bo‘ladi. Rivojlangan ishlab chiqarishda taqqosiy afzalligi yuqori tovarlar va xizmatlar ko‘plab yaratiladi, ular eksport qilinadi, ular o ‘rniga mamlakatda ishlab chiqarilishi afzallik bermaydigan tovarlar import qilinadi. Ammo ixtisoslashuv beradigan afzallik har xil bo'ladi. Ilg'or mamlakatlarning ixtisoslashuvi tayyor sanoat mahsulotlari va birinchi navbatda, texnologiya eksportiga ustunlik bersa, qoloq mamlakatlarda xomashyo va energoresurslarni ishlab chiqarish afzallik berganidan ular ko'proq eksport qilinadi. Demak, taqqosiy afzallikning har xil yo‘nalishda boMishi ilg‘or amlakatlarga xalqaro savdo-sotiqda ustunlik bersa, qoloq mamlakatlarga qaramlik keltiradi. Qoloq mamlakatlarda ular eksportining narxi pasayishiga,importining narxi esa oshishga moyil boiadi. Shu bois, ular rivojlangan mamlakatlardan tovarlarni import qilish uchun eksport tovarlarini tobora ko‘proq sotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa xalqaro savdoda tengsizlik borligini bildiradi. Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta ’sir etadi: 1. Muayyan tovarlarga tashqi bozordagi talab va shu tovarlarning taklif etilishi. 2. Mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi narxlarning qandayligi. 3. Tovarlarni tashqi bozorlarga yetkazishdagi yoMkira xarajatlari. 4. Milliy valuta kursidagi o ‘zgarishlar. 5. Davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi. Aytilgan omillar ta ’sirida eksport va importning hajmi va shunga binoan tashqaridan keladigan valuta tushumi o ‘zgarib turadi. Mamlakat eksporti va importi uning tashqi savdo oborotini bildiradi. Mamlakatlar xalqaro savdo-sotiqda naqadar faol bo ‘lishini eksport kvotasi bildiradiki, bu eksportning YalM dagi hissasidan iboratdir. Bu ko'rsatkichga eksportning moddiy miqdorigina emas, balki uning narxi ham ta ’sir etadi. Masalan, tashqariga neft sotuvchi mamlakatlar eksport kvotasi neftning sotilishi o ‘zgarmagan va hatto qisqargan taqdirda ham uning narxini ortishi hisobidan ko'tarilib turadi. 2005-yilning sentabr oyida 1 barrel (159 litr) neft narxi jahon bozorida 60 dollar, 2013-yil iyul oyida esa 108 dollar bo‘ldi. Bu neft sotuvchi mamlakatlar cksporti kvotasini oshirib yubordi, albatta. Ochiq iqtisodiyot rivojlanishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi tovarlar tarkibi o ‘zgarib turadi. Agar XJX asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro savdo-sotiqda xomashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo Isa, XXI asr boshiga kelib bu yerda bulardan tashqari ilmiy-texnikaviy yangiliklar (litsenziya va nouxaular), texnologik murakkab va serilm mahsulotlar, shuningdek, axborot texnologiyalari va axborotning o ‘zi sotila boshladi. Xalqaro savdo-sotiq uning liamma ishtirokchilari uchun nafli boMganda uning ahamiyati oshib boradi. Sohibqiron Amir Temur ham mamlakatlararo savdo-sotiqni rivojlantirishga o ‘z vaqtida katta e ’tibor berganlar. U kishi: ≪Jalion tijorat ahli bilan oboddir≫, deb karvon yoMlarini himoya qilishda faollik qilib, savdogarlarga moliyaviy yordam ko‘rsatganlar. Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiyot nazariyasi. O'lmasov A. https://uz.wikipedia.org Download 22.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling