Xalqarо savdо va darоmadlarning taqsimlanishi
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar
Download 111 Kb.
|
000000000000[1]
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo`llanilib, o`zida qo`shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo`yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o`rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so`ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to`lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o`z valuta resurslarini to`ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko`paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo`llanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste‘mol o`sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo`qotishga duch bo`ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‘molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo`ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo`lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga ―ixtiyoriy‖ eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu yerda «ixtiyoriy so`zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o`z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko`rgan yo`qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. Savdo siyosatini amalga oshirishning ko`rib o`tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a‘zo bo`lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling