Xalqaro savdo turli xil ishlab chiqarish omillariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi bu omil egalarini turmush farovonligini xalqaro savdoga bog‘liq ekanligini angla- tedi. Shu sababli ko‘plab iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning aholi daromadiga ta’- sirini o‘rganishgan. Bu boradagi asosiy nazariyalarga quyidagilar kiradi Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo mamlakatlarda gomo- gen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarining muvozanatla- shuviga olib keladi. Bu esa gomogen ishlab chiqarish omillari egalarining daro- madlarining barqarorlashuvini anglatadi. Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo mamlakatlarda gomo- gen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarining muvozanatla- shuviga olib keladi. Bu esa gomogen ishlab chiqarish omillari egalarining daro- madlarining barqarorlashuvini anglatadi. Samuelson-Djons nazariyasi — mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etish natijasida eksport tarmoqlari uchun maxsus bo‘lgan omil egalarining daromadi ko‘payadi va import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus bo‘lgan omil egalarining daromadi kamayadi. Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo ta’sirida narxi o‘sadigan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham o‘sadi va aksincha, narxi pasaygan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi pasayadi. Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsa- tishi mumkin ekan. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin bo‘lgan foyda — bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egal- lagan o‘rniga bog‘liq ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |