Bajardi: MSS 93 guruh talabasi: Axmatov Mirshod reja: - Merkantilizm va erkin savdo g’oyasi.
- Xeksher-Olin nazariyasi.V.Leontyev paradoksi.
- Xalqaro savdoning yangi va o’ta yangi nazariyalari.
Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi - Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. 0‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh- ’boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feo- jaiizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar oiini va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yan- ei iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) vaUilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi.
- Merkantilistlar o‘z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo‘lgan statik qarashlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko‘payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla- shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko‘payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot- ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo‘lishi zarur deb hisoblashgan.
- Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy kolo- niyalar sektoriga boiishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida bo‘lgan oltin va kumush bilan belgilanligi sababli tashqi savdo maktabi mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb hisoblashgan:
- tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash — eksportning importdan katta bo‘- lishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga o‘sishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga olib keladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |