Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Xalqaro savdoning yangi va o’ta yangi nazariyalari


Download 15.2 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1613566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari Axmatov Mirshod MSS-93

Xalqaro savdoning yangi va o’ta yangi nazariyalari.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqish vidagi yo‘nalishlarda amalga oshirila boshlandi:

1.Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘nal- tirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P. Samuelson va R. Djons- larning «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin.

2.Klassik maktab nazariyalarini inkor etmagan holda xalqaro savdoning bu nazariyalarda o‘rganilmagan jihatlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib S. Linderning «kesishuvchan talab» nazariyasini keltirish mumkin.

3.Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» naza­riyasini va B. Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mum­kin.

  • 3.Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» naza­riyasini va B. Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mum­kin.
  • P. Samuelson va R. Djons o‘zlarining «Maxsus ishlab chiqarish omillari» naza- riyalarida Xeksher-Olin nazariyasini rivojlantirish va kengaytirishga harakat qilish- gan. Xeksher-Olin nazariyasida ishlab chiqarish omillarining faqat ikki xil turi — kapital va mehnat inobatga olingan bo‘lsa, «Maxsus ishlab chiqarish omillari» naza­riyasida ushbu omillar soni uchtaga yetkazildi, bular kapital, mehnat va yer omilla- ridir. Bundan tashqari, Samuelson-Djons nazariyasida ishlab chiqarish omillarini ikki guruhga bo‘lish taklif etiladi:

Ishlab chiqarishning maxsus omillari — muayyan tarmoqlarda keng qo‘lla- niluvchi va boshqa tarmoqlarda esa deyarli qo‘llanilmaydigan ishlab chiqarish omillari. Ushbu omillar faqat bir tarmoqqa tegishli bo‘lganligi uchun tarmoqla- raro ko‘chib yurmaydi. Misol uchun, kapital sanoat tarmoqlarida keng qo‘llani- ladi, qishloq xo‘jaligida esa uning ahamiyati yuqori emas. Chunki qishloq xo‘- jaligida ishlab chiqarish omillarining revers samarasi yuqori boMganligi kapi­tal o‘rniga mehnat resurslaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi. Boshqa tarafdan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan yer qishloq xo‘jaligi uchun maxsus omil bo‘ladi. Chunki sanoatda yerning unumdorlik darajasi hech qanday aha- miyat kasb qilmaydi.


Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling