Xalqaro tashk


Download 1.32 Mb.
bet2/6
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari

Kurs ishining maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish, Islom taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
-Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning
rolini aniqlash;
-Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash;
-Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;
-Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti: xalqaro tashkilotlar va Islom taraqqiyot banki kurs ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: xalqaro tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Islom taraqqiyot banki, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining predmetidir.
Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob va uning
tarkibiga kiruvchi to’rtta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.
I BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI
1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari
Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni
4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va va boshqa nomlar bilan ataladi.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va
kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi. YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab xar ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma’lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferensiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar xisobidan tashkil etiladigan byudjetlar xisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi (ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling