«xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»


Download 1.1 Mb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1800245
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu

«XALQARO TASHKILOTLAR VA BOJXONA ORGANLARINING ULAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI»

REJA:

1. Xalqaro tashkilotlar.

2. Shanxay hamkorlik tashkiloti.

3. Butunjaxon bojxona tashkiloti.

4. Butunjaxon savdo tashkiloti.


Xalqaro munosabatlarda bojxona hamkorligi deganda birinchi navbatda xalqaro Tashkilotlar miqyosida bojxona masalalari bo‘yicha hamkorlik tushuniladi.
Bugungi kunda dunyoda bojxona masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan birqator xalqaro tashkilotlar mavjud. Bular: Butunjahon bojxona tashkiloti (BBT), Butunjahon savdo tashkiloti (BST), Butunjahon turizm tashkiloti (BTT), Shanhay hamkorlik tashkiloti, YevroOsiyo Iqtisodiy Hamjamiyati va boshqalar.
Ushbu xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlari davomida tashkilot Ustaviga va xalqaro konvensiyalarga suyangan holda ish olib boradilar.
O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda yuqorida qayd etilgan xalqaro tashkilotlarning aksariyatiga aʼzodir. Ularning ayrimlari mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga egadir.
Bojxona xamkorlik kengashining birinchi innauguratsiya sessiyasi 1952 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Kengash qaroriga ko‘ra, 1983 yildan boshlab 26 yanvar «Xalqaro Bojxonachilar kuni» deb nishonlana boshladi. Keyinchalik ushbu Konvensiyaga dunyoning boshqa davlatlari xam a’zo bo‘la boshladilar. Kengash Shtab–kvartirasi Bryussel shaxrida joylashgan.
Yana bir muhim xalqaro tashkilot – Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)dir. SHHTga 2001 yilda «Shanhay hamkorlik tashkilotini taʼsis etish to‘g‘risidagi» deklaratsiyaning imzolanishi bilan asos solingan.
Ushbu Deklaratsiya Rossiya Fediratsiyasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan imzolangan.
SHHTning kotibiyati Pekin shahrida joylashgan.
Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)
SHHT faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
a) Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni barqarorlashtirish;
b) Tashqi siyosat masalalarida barcha tomonlarni qiziqtirgan umumiy
yondoshuv nuqtalarini izlash;
v) Terarorizm, sepriratizm, ekstrimizm, narkotik moddalar va qurol
– yarog‘larning noqonuniy aylanishiga hamkorlikda qarshi kurashish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga;
g) Qurolsizlanish masalalari bo‘yicha harakatlarni koordinatsiya qilish;
d) Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik;
i) Tovarlar, kapitallar va hizmatlarning erkin harakatlanishi uchun qulay shart – sharoitlar yaratish.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling