«xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»


Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar


Download 1.1 Mb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1800245
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar:

  • Qozogʻiston,
  • Qirgʻiziston,
  • Rossiya,
  • Tojikiston,
  • Oʻzbekiston,
  • Xitoy,
  • Hindiston,
  • Pokiston,
  • Eron[5].

Butunjaxon bojxona tashkiloti (Vsemirnaya tamojennaya organizatsiya)

Turli davlatlarning Bojxona xizmatlarini bevosita o‘zaro bog‘lovchi, tajriba almashish, o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi va ularning faoliyatini muvofiqlashteruvchi xalqaro organ – bu Butunjaxon bojxona tashkiloti (BBT)dir.

1947 yilda G‘arbiy Yevropadagi 13ta mamlakat tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy xamkorlik qo‘mitasi doirasida qabul qilingan qo‘shma Deklaratsiyada Yevropada Bojxona ittifoqini tashkil etish masalasi qo‘yildi. Buning natijasida maxsus gurux tomonidan ishlab chiqilgan «Bojxona xamkorlik kengashini ta’sis etish xaqidagi Konvensiya» 1950 yil 15 dekabrda 17ta Yevropa davlatlari tomonidan imzolandi.


Ushbu konvensiya talablaridan kelib chiqqan xolda Kengash:
- Bojxona soxasida xamkorlikni rivojlantirishning barcha masalalarini o‘rganadi;
- Bojxona ishida oliy darajada uyg‘unlikka erishish maqsadida zarur amaliy tadbirlar ishlab chiqib, takliflar beradi;
- Bojxona tizimiga oid texnik aspektlarni va iqtisodiy omillarni chuqur o‘rganadi;
- Yangi xalqaro Konvensiyalar loyixalarini, amaldagi konvensiyalarga qo‘shimchalar loyixalarini ishlab chiqadi;
- Bojxona soxasidagi Konvensiyalarni talqin etish yoki qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan munozarali masalalarni xal etish bo‘yicha tavsiyalar (rekomendatsiyalar) ishlab chiqib, tegishli davlatlarga taqdim etadi;
- A’zo davlatlarning Bojxona xizmatlarini bojxona boshqaruv tizimi va bojxona protseduralariga oid yangi ma’lumotlar bilan muntazam ta’minlab boradi.
Kengash a’zolarining soni ortib borganligi, uning jaxon xamjamiyatidagi salmog‘i va ta’sir doirasi kengayib borayotganligini inobatga olib, Kengashning 1994 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan Sessiyasi qaroriga binoan “Bojxona xamkorlik kengashi”ning nomi “Butunjaxon Bojxona Tashkiloti (BBT)” deb atala boshlandi. Bugungi kunda 175ta mamlakat BBTning a’zosidir.
BBTning bugungi kundagi asosiy vazifasi jaxon mamlakatlarida, ayniqsa jiddiy iqtisodiy shakllanish jarayonlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda zamonaviy, samarali, ko‘pfunksiyali bojxona xizmatini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992 yil 28 iyuldan a’zo. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston BBT ishida faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizning 1995 yilda BBT Siyosiy komissiyasi a’zosi etib, 2001 yilda esa BBT Moliya qo‘mitasi a’zosi etib saylanishi buning yaqqol dalilidir.
O‘zbekistonning BBT doirasidagi ko‘pyillik xamkorligi respublikamiz bojxona ishi soxasidagi xuquqiy bazasining xalqaro konvinsiyalar va boshqa xalqaro normalar bilan yaqinlashuviga imkon berdi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling