«xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»


Download 1.1 Mb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1800245
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu

Butunjahon savdo tashkiloti
  O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir xalqaro Tashkilot - bu Butunjahon savdo Tashkilotidir.
Butunjahon savdo Tashkiloti (BST)ning dastlabki nomi «Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv» (STBBK)dir.
«Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv» yoki xalqaro qabul qilingan qisqartma nomi GATT – xalqaro savdoning boj-tarif jihatlarini tartibga soluvchi eng nufuzli tuzilmadir.
GATT 1947 yilda Jenevada tuzilgan bo‘lib, savdo erkinligi g‘oyalarini, yaʼni xalqaro savdoda ishtirok etuvchi tomonlarning tengligini ifoda etadi.
GATTning eng asosiy qoidalari – bu xalqaro savdoda «diskrimenatsiya qilmaslik”, «eng ko‘p qulaylik berish» va «Bojxona-tarif usuli orqali tartibga solish» tamoyillaridir.
Misol uchun, «Eng ko‘p qulaylik berish» rejimi ishtirokchi davlatlarning o‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlariga nisbatan har kanday uchinchi tomon tovarlariga qo‘llanilayotgan boj stavkalaridan yuqori bo‘lmagan boj stavkalarini qo‘llash majburiyatini bildiradi.
«Diskrimenatsiya qilmaslik» tamoyiliga ko‘ra, GATTga aʼzo davlat o‘zining mahalliy tovarlari va boshqa aʼzo davlatlarning tovarlari O‘rtasida diskrimenatsiya (ajratish, kamsitish) rejimini o‘rnatmasligi kerak. Yaʼni, tovarlar davlat chegarasini kesib o‘tganidan boshlab, ularga o‘sha davlatning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlariga bo‘lgan munosabatda bo‘linishi talab etiladi.
1994 yilning iyul oyida O‘zbekiston BSTga qo‘shilish istagini bildirib, uning Jenevadagi Kotibiyatiga yozma murojaat qildi va shu vaqtdan boshlab BSTda ko‘zatuvchi maqomidan foydalanib kelmoqda.
1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston BSTga o‘zining «Tashqi savdo rejimi to‘g‘risida Mimorandum”ini taqdim etdi. Ayni paytda mazkur Mimorandum BSTga aʼzo davlatlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
O‘zbekistonning BSTga aʼzo bo‘lishi xalqaro savdo tizimida o‘zining taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini yaratib, BSTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan O‘zbekiston eksport qilayotgan tovar va xizmatlari diskrimenatsiya kelinmasligini va ularga eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanishini kafolatlaydi.
BSTga aʼzo bo‘lish uchun O‘zbekiston uning quyidagi 15 ta kelishuvlarida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi lozim:
  • Tarif va savdo bo‘yicha bosh kelishuv;
  • Hizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv;
  • Savdo bilan bog‘lik intilliktual mulklari aspiktlari bo‘yicha kelishuv;
  • Qishlok ho‘jaligi bo‘yicha kelishuv;
  • Sanitar va fitosanitar choralarini ko‘llash bo‘yicha kelishuv;
  • Tikstil va kiyim-kechak bo‘yicha bosh kelishuv;
  • Savdodagi texnik to‘siklar to‘g‘risidagi kelishuv;
  • Savdo bilan bog‘lik invistitsion shartlar bo‘yicha kelishuv;
  • Bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha kelishuv;
  • Dimpinga qarshi masalalar bo‘yicha kelishuv;
  • Yuklash oldi nazorati bo‘yicha kelishuv;
  • Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatini aniqlash bo‘yicha kelishuv;
  • Importni litsenziyalashtirish qoidalari bo‘yicha kelishuv;
  • Subsidiyalar va kompinsatsion choralar bo‘yicha kelishuv;
  • Himoya choralari to‘g‘risidagi kelishuv;

O‘zbekistonning BST ga aʼzo bo‘lishi quyidagi afzalliklar bilan bevosita bog‘liqdir:
  • BSTga aʼzo 130 tadan ortik mamlakatlarning milliy bozorlariga tovar va hizmatlarning erkin chiqishini taʼminlaydi;
  • Davlatning tashqi savdo siyosati istiqbol rejalarini ishlab chiqish uchun qulay sharoit yaratib, uning barqarorligini oshirish imkonini beradi;
  • BSTning qoidalari subsidiyalar, demping kabi tashqi savdoning nopok vositalarining qo‘llanishini taʼqiqlab, ulardan himoyalanish maqsadida tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi;
  • nisbatan barqaror, qulay va oldindan rejalash imkonini beradigan muhit chet el invistorlariga ularning O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan o‘z mahsulotlarini to’siqlarsiz jahon bozoriga olib chiqish va o‘z faoliyatlari uchun jahon bozoridan to‘siqlarsiz mahsulot, asbob – uskuna va tehnologiyalarni olib kirish imkonini beradi;
  • BST doirasida o‘tkaziladigan ko‘p taraflama savdo mo‘zokaralarida O‘zbekiston ham ishtirok etib, o‘z manfaatlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling