Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar
Download 28.2 Kb.
|
1 2
Bog'liqhayot faoliyati xavfsizligi
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar Reja: Xalqaro terrorizm – destruktiv kuch Xalqaro terror ekstrimistik kuchlarining yuzaga kelishi Xalqaro terrorga qarshi kurash chora tadbirlari Xalqaro terrorizm ayniqsa, XXI asrda oʻzining destruktiv qiyofasini oshkora namoyish qilmoqda. Terrorizmning oʻng va soʻl kuchlari ayniqsa, diniy omilga alohida eʼtibor qaratmoqda, chunki diniy ekstremizm xalqaro terrorizmning eng effektiv tayanchi hisoblanadi. Dinda qadimdan diniy apologetika vositasida dindorlarni ayblash, qoʻrqitish, jazolash terroristlarning ishonchli va qulay vositasi boʻlgan. Bu vositalardan hukmron kuchlar oʻz taʼsir doirasini kengaytirish, hukmini oʻtkazish oʻzga mamlakatlarni tobe qilish maqsadida foydalanishgan. Bu holat bugungi kunda ham yanada shafqatsiz, yanada zoʻravonlik, yanada hiyla va nayrang yoʻllari bilan amalga oshirilmoqda. Destruktiv kuchlar dunyo ustidan chegaralanmagan hukmronligini amalga oshirish uchun hech bir jinoyatdan, razillikdan qaytmaydi. Ular dunyoda mamlakatlarni, irqlarni, millatlarni va diniy konfessiyalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyishi, ular orasiga fitna urugʻini sochish orqali oʻzlarning manfaatlarini qondirishga, oʻzga mamlakatlarni qaram qilishga, xomashyo bazasiga aylantirishga, aholisini esa muhtoj qullarga aylantirishga intilishi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bu hodisalar XXI asrda nihoyatda avjiga chiqdi. Destruktiv kuchlar terrorchi guruhlar tayyorlashda diniy konfessiyalar ichidagi ziddiyatlarni boʻrttirish va ularni bir-biriga qarama qarshi qoʻyish orqali amalga oshirishadi. Masalan, 1988 yili Usama Ben Laden rahbarligida shakllantirilgan “Al-Qoida” terroristik guruhi vahhobiylik diniy fundamentalistik gʻoyalarga asoslanib, anʼanaviy islomga eʼtiqod qiluvchi musulmonlarga va shiya mazhabidagi musulmonlarga qarshi kurash olib borishdi. Aslida bu harakatning mohiyatida Yaqin Sharq mamlakatlari hududida joylashgan boy uglevodorod xomashyosiga, neft va gaz zaxiralariga egalik qilish yotibdi. Shu bahonada ular farovon yashayotgan Suriya va Iroq xalqlarini qashshoqlashtirib ular ustidan hukmronlik qilish, dunyo xalqlari koʻziga islom dinini va Yaqin Sharqda yashovchi barcha musulmonlarni yovuz kuchlar qilib koʻrsatishga intilishmoqda. Dunyo ustidan hukmronlik qilishga urinayotgan bu yovuz kuchlar Yer yuzida turli-tuman fitnalar uyushtirib, barqarorlik va tinchlikka, xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlik va totuvlikka raxna solmoqda. Ular hatto oʻzlarining razil niyatlarini neomaltuschilik, yaʼni nikohda farzand koʻrishni rad etish gʻoyalari bilan kuchaytirishga, shu asnoda urush va notinchlikni, butun boshli millatlarni genotsid qilishga yoʻnaltirilgan qirgʻinlarni oqlashga intilishadi. Nima emish? Ularning nazdida urush va qirgʻinlar oqibatida Yer yuzida milliardlab odamlarni qirib tashlab, qolgan 1 milliard boy va farovon aholini saqlab qolsa, shu kifoya emish. Yer yuziga 1 milliard aholidan ziyodi ortiqcha yuk boʻlar emish. Bu oʻta razil zoʻravonlik falsafasi koʻplab multimilliarderlarning ongini zabt etgan. Bunday toifadagi kishilarga sogʻlom insoniy axloq, milliy qadriyatlar, mehr-shafqat va muruvvat tuygʻulari begona. Ular mana shu razil yoʻl bilan dunyoda yagona Jahon hukumatini oʻrnatishga, yer yuzida bitta til va bitta xalqni shakllantirishga zoʻr berib intilishmoqda. Yer yuzining goʻzalligi xilma-xillikda Ammo yer yuzining goʻzalligi uning xilma-xilligida, turli xalqlar, turli millatlar, turli dinlar va turli madaniyatlar rang-barangligidadir. Hozirgi davrda turli xalqlar, turli sivilizatsiyalar bir-birini anglash, bir-birining urf-odat va anʼanalarini hurmat qilish yoʻlidan bormoqda. Qanchalik bir-birimizni anglasak, shu qadar bir-birimizga ruhan yaqinlashamiz. Dunyoning kelajagi xilma-xillikning oʻzaro birligida, hamjihatligida. Gegemonlikni, zoʻravonlikni, ustuvorlikni daʼvo qilayotgan kuchlarning kelajagi yoʻq. Insoniyat bunday gʻayriinsoniy zoʻravonlik harakatlarini qoralaydi va ularning razil niyatlariga ijtimoiy hamkorlikni, millatlar va xalqlararo hamjihatlikni, diniy konfessiyalararo bagʻrikenglikni qarshi qoʻyadi. Afsuski, bunday gʻoyalar qudratli kuch ekanini –ayrim insonlar toifasi hali anglab yetganicha yoʻq. Hozirgi zamon terrorizmining asosiy quroli – aholi orasida qoʻrquv va dahshat tuygʻusini sochib, ularni oʻzlarining yovuz irodasiga boʻysundirish. Maqsad esa shu asosda dunyoning ijtimoiy birligini parchalab tashlash orqali dunyo ustidan hukm yuritishdan iborat. Terrorchilik amaliyotini qoʻllab-quvvatovchi kuchlar islom omilidan ustalik bilan foydalanayotgan islom shiori ostida kurashga chiqayotgan terrorchi guruhlarni mablagʻ va qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan sari ayrim islomiy kuchlar ham radikallasha boshladi. Ular oʻz oldiga goʻyoki islom dinini tiklovchi va shariat qoidalari ostida faoliyat yurituvchi kishilar qilib koʻrsatishga intilib, Qurʼon hamda sunnatda keltirilgan buyruqlarni batafsil taʼminlovchi musulmon davlatini tuzish zarurligi haqidagi gʻoyalarni ham oʻrtaga tashlay boshlashdi. Aslida yer yuzidagi davlatlar orasida islomiy teokratik davlatlar ham mavjud boʻlib, ular boshqa qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro hamjihatlikda davlat va jamiyat faoliyatini amalga oshirishmoqda. Bu munosabatlar islomdagi bagʻrikenglik tamoyillariga binoan ado etilmoqda. Haqiqiy demokratik davlatlar dunyoning boshqa davlatlari bilan oʻzaro bagʻrikenglik tamoyillariga asosan munosabatda boʻlishadi, ularning diniy eʼtiqodi, milliy qadriyatlari, irqi va boshqa oʻziga xos belgilaridan qatʼiy nazar oʻzaro manfaatdorlik nuqtai nazaridan bir-birini hurmat qiladilar. Agressiv davlatlar esa oʻz manfaatlariga mos kelmaydigan davlatlarni oʻziga dushman deb biladi. Bunday davlatlar terroristik amaliyotga moyil boʻladilar. Xalqaro terroristik tashkilotlar shunday davlatlarning buyurtmalarini bajarish yoʻlida sarmoya qiladilar. Oʻzbekiston – koʻp millatli va koʻp konfessiyali yurt. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro ishonch va hamjihatlikka asoslangan. Bugungi kunda Oʻzbekiston diyorida yuzdan ortiq millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya oʻzaro ahillikda, bir-biriga nisbatan bagʻrikenglikda (tolerantlikda) bir oila boʻlib istiqomat qilib kelmoqda. Bu bagʻrikenglik, yaʼni oʻzaro tolerantlikka asoslangan doʻstona munosabatdir. Taniqli davlat va jamoat arboblari qudratimiz birlik va hamjihatlikda, diniy bagʻrikenglik – tinchlik kafolati, mahalla – hamjihatlik va bagʻrikenglik maskani, tolerantlik – eng katta boylik, millatlararo va dinlararo totuvlik – tinchlik va osoyishtalikning muhim omili, diniy bagʻrikenglik – tinchlik va barqarorlik garovidir, Oʻzbekiston – doʻstlik va bagʻrikenglik diyori, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik – tinchlik va taraqqiyotimiz omili, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik eng katta boyligimiz deyishmoqda. Bu fikrlar Oʻzbekistonda millatlararo hamjihatlik va diniy bagʻrikenglik qay darajada yuksak qadrlanishini va amalda namoyon boʻlishini koʻrsatib turibdi. Xalqaro uyushgan jinoyatchilik guruhlari izmida faoliyat olib boruvchi terroristik guruhlar esa tinch-totuv yashayotgan mamlakatlarda qoʻporuvchilik faoliyatini olib borish orqali tinchlikka, barqarorlikka raxna solishmoqda. Buning oqibatida xalqlar notinchlikka, qashshoqlik va muhtojlikka duchor boʻlishadi, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nochor holatga tushib qoladi, nogironlar, beva-bechoralar, yetimlar va muhtojlar soni oshib boradi. Bunday mamlakatlar ustidan hukmronlik qilish zoʻravonlarga qoʻl keladi. Bugungi kunda bunday kuchlar keng xalq ommasining diniy bilimlari yetarli emasligidan foydalanib, diniy ekstremizm qiyofasida yurtimiz ahliga islom dinini aqidaparastlik koʻrinishidagi radikal gʻoyalar tarafdori qilib koʻrsatishga intilishmoqda. Xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida vujudga kelgan va XX asr oxiri va XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan terrorizmning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Xalqaro terrorizmning asosiy maqsadlari — davlat boshqaruvini tartibsizlantirish, iqtisodiy va siyosiy zarar yetkazish, ijtimoiy tuzum asoslarini buzish hisoblanadi. Terrorizmning bu shakliga zamonaviy islom terrorizmini misol qilib keltirish mumkin. Xalqaro terrorizmning umumiy qabul qilingan taʼrifi hali ishlab chiqilmagan. Koʻpincha bu atama siyosiy kurashda vosita sifatida ishlatiladi, har bir mamlakat u yoki bu guruhning „terrorchilar“ yoki „ozodlik kurashchilari“ ga tegishli ekanligini aniqlaydi va terror aktlarining oʻzi mahalliy darajada amalga oshiriladi. Xalqaro terrorizmning asosiy belgilari globallashuv, professionallashuv va ekstremistik mafkuraga tayanish sanaladi. Xudkush-terrorchilardan foydalanish, noanʼanaviy (yadro, kimyoviy yoki bakteriologik) qurollardan foydalanish tahdidi va oqilona yondashuv ham qayd etilgan. Terrorizmning eng yirik zamonaviy tadqiqotchilaridan biri Дженкинс, Брайан Майкл (Брайан Дженкинс; Brian Michael Jenkins) xalqaro terrorizmni konfliktning yangi turi deb hisoblaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2001-yil 28-sentyabrdagi 1373-sonli rezolyutsiyasida „xalqaro terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish, noqonuniy qurol savdosi va yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa potentsial halokatli materiallarni noqonuniy tashish oʻrtasidagi yaqin aloqalar“ qayd etilgan. Mutaxassislar terrorchilarning texnik jihozlari oʻsib borayotganini va ularni ayrim davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlayotganini qayd etishadi. Terrorchi tashkilotlar oʻz maqsadlariga erishish uchun internet, radio va televideniye dan keng foydalanib kelmoqda. Xalqaro terrorizm xalqaro huquqiy tartib va davlatlararo munosabatlarga tahdid solishi bilan xavf tugʻdiradi. Xalqaro terrorizmning har qanday harakati bir necha davlat manfaatlariga daxl qiladi. Shuningdek harakatlarni bostirish yoki oldini olish uchun keng davlatlararo hamkorlik zarur hsioblanadi. Terrorizmga qarshi kurash masalasi birinchi marta xalqaro miqyosda 1934-yilda Millatlar Ligasida muhokama qilina boshlandi. Bu 1934-yil 9-oktabrda Marselda Yugoslaviya qiroli Aleksandr I va Fransiya Bosh vaziri Lui Bartuning oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlganligi uchun, koʻrib chiqila boshlangan. 1937- yilda Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan „Terrorizmning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiya“ va „Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish toʻgʻrisidagi konvensiya“ kuchga kirmagan. Ular ushbu sohadagi zamonaviy xalqaro shartnomalar uchun prototip boʻlib xizmat qildi. Sabena 572 reysi garovga olinganlarni ozod qilish. Izotop operatsiyasi, 1972-yil bo`lib o`tadi. Bu davrning asosiy hujumlari garovga olish, fuqarolik samolyotlarini olib qoʻyish va siyosiy qotilliklar terrozrimning asosiy koʻrinishlari hisoblangan. Eng kuchli xalqaro terrorchilik tashkiloti 1969-yilda Yasir Arafat boshchiligidagi Falastin Ozodlik Tashkiloti (FLO) boʻlgan. 1960-yillarning oxirida SSSR terrorchilik usullarini qoʻllagan butun dunyo boʻylab milliy harakatlar aʼzolarini oʻz safiga oladi, keyin ular Odessa, Boku, Toshkent va Perevalniyda joylashgan maxsus lagerlarda oʻqitildi. 1970- yillarda Livan hududida haqiqatda „davlat ichidagi davlat“ni yaratgan FLO terrorchilar uchun tayanch va boshpana boʻldi. 1981-yil 29-yanvarda AQSh Davlat kotibi Aleksandr Xeyg SSSRni xalqaro terrorizmga aloqadorlikda ochiq ayblaydi. KGB generali Filipp Bobkovning yozishicha, 1976-yildan 1996-yilgacha boʻlgan davrda yiliga 320 dan 660 tagacha teraktlar qayd etilgan boʻlib, ularni xalqaro terrorizm deb tasniflash mumkin. Bobkov Gʻarb davlatlari terrorizmni oʻzlari uchun foydali boʻlgan hollarda qoʻllab-quvvatlashdan tortinishmaganini taʼkidlagan. 1990-yillar boshiga kelib dunyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritgan. 10 yil ichida ular 6500 ta xalqaro terrorchilik aktini amalga oshirdi, ulardan 5000 kishi halok boʻldi yana 11000 dan ortiq kishi jabrlandi. 2001-yil 11-sentabrda "Al-Qoida" terrorchilari Amerika Qo‘shma Shtatlardagi bir qator ob’ektlarga hujum qilganidan beri xalqaro terrorizm yanada kuchaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2008-yilda dunyoda 12 mingga yaqin terrorchilik harakati sodir boʻlgan, buning natijasida 56 ming kishi jabrlangan, shu jumladan 15 ming kishi halok boʻlgan, qurbonlarning aksariyati tinch aholi vakillari hisoblangan. Tashkilotlar. Terroristik tashkilotlardan biri Usama bin Laden — "al-Qoida" rahbari, „birinchi raqamli terrorchi“, 2011-yil 1-mayda oʻldirilgan. Eng mashhur zamonaviy xalqaro terrorchilik tashkilotlari Al-Qoida, Islomiy davlat, Tolibon va gʻarb ko’magi ostidagi boshqa terrorchi tashgkilotlar hisoblanadi. Oxirgi ikki tashkilot shu qadar qudratliki, ularning qo‘l ostida butun davlatlar bor — Tolibon uchun Afg‘oniston va IShID uchun o‘zini tan olinmagan davlat deb eʼlon qilgan. Insoniyatni oʻzining tarixiy oʻtmishidan uzib tashlashga intilish yoʻlida ular insoniyatni oʻzining tarixiy oʻtmishidan uzib tashlashga harakat qilishgan. Yaqin Sharqdagi qonli fojialarni amalga oshirish paytida kutubxonalar, qadimiy qoʻlyozmalar va arxivlarni yoqib yuborishdi, muzeylarni talon-taroj qilib, qadimiy osori-atiqalarni vayron qilishdi, Afgʻonistonda ming yillik tarixga ega ulugʻvor budda haykalini pulemyot va minomyotlarda oʻqqa tutishdi, Ukraina shaharlarida ham qadimiy kitoblar va tarixiy asarlarni maydonga olib chiqib yoqib yuborishdi. Terroristik amaliyotdan manfaatdor boʻlgan siyosiy doiralar bu xunrezliklarni islom terrorizmi nomi bilan atab islom dinini dunyoga “olaboʻji” qilib koʻrsatishga intilishdi. Buning oqibatida butun yer yuziga “islamofobiya” degan sotsial psixologik kasallik tarqaldi. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash. Xalqaro terrorizmning turli ko‘rinishlarining noqonuniyligi to‘g‘risidagi qator konvensiyalar qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjatlarga misollar quyidagilar sanaladi: Samolyotlarni noqonuniy olib qoʻyishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (Gaaga, 1970); Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (Monreal, 1971); Xalqaro himoyadagi shaxslarga, shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya (BMTning 1973-yilgi Konventsiyasi); Fuqaro aviatsiyasiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1977) Asirlarni garovga olishga qarshi konvensiya (Nyu-York, 1979); Yadroviy materialni jismoniy himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (1980); Dengizda navigatsiya xavfsizligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1988); Plastmassa portlovchi moddalarni markalash toʻgʻrisidagi konvensiya (1991); Terroristik portlashlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konventsiya (1997); Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (1999). 1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi „Xalqaro terrorizmga barham berish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ni qabul qildi. Ikki tomonlama, koʻp tomonlama davlatlararo asosda va milliy darajada bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Xavfsizlik Kengashining 1371-sonli rezolyutsiyasi (2001) asosida „Terrorizmga qarshi kurash qoʻmitasi“ni tuzdi. Keyinchalik qoʻmitaning vakolatlari 1624 (2005) qarori bilan tasdiqlangan. Qoʻmita aʼzo mamlakatlarga terrorizmga qarshi kurashda eng samarali tizimlarni yaratishda davlatlararo muvofiqlashtirish va texnik yordam koʻrsatadi. Xavfsizlik Kengashida „Terrorizmga qarshi qoʻmita“dan tashqari „Al-Qoida boʻyicha qoʻmita“, „Tolibon qoʻmitasi“ va „1540-yil qoʻmitasi“ ham tuzildi. 2004-yil 1-dekabrda BMT Bosh kotibiga yoʻllagan maʼruzasida „Tahdidlar, chaqiriqlar va oʻzgarishlar boʻyicha yuqori darajadagi panel“ katta miqyosdagi terrorchilik xurujlarini sodir etgan shaxslarga urush jinoyatlari yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida qarashni talab qildi. Guruh barcha davlatlardan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilishni talab qildi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashning global strategiyasini, terrorizmga qarshi umumiy konvensiyani, terrorizm taʼrifini kiritgan holda ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi. Ammo ushbu takliflar BMT Xavfsizlik Kengashining 2005-yil 14-sentyabrda qabul qilingan 1642-sonli rezolyutsiyasida oʻz aksini topmagan. 1963-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida 16 ta xalqaro shartnomalar (13 ta terrorizmga qarshi kurash konvensiyasi va uchta protokol) ishlab chiqilgan boʻlib, ularda barcha aʼzo davlatlar ishtirok etishi mumkin. 2005-yilda ushbu hujjatlardan uchtasi terrorchilik tahdidini toʻgʻridan-toʻgʻri bartaraf etish maqsadida oʻzgartirildi. 2006-yil 8-sentabrda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiya „Global terrorizmga qarshi strategiya“ni qabul qildi. Xulosa qilib aytganda, xalqaro uyushgan jinoyatchilik koʻrinishi boʻlgan diniy ekstremizm va diniy terrorizm aslida dinga, diniy konfessiyalarga aloqasi yoʻq, chunki islom dini mohiyat jihatidan tinchlik va osoyishtalikni, mehr-muruvvatni, bagʻrikenglikni, hamjihatlikni himoya qiluvchi, kishilarni toʻgʻrisoʻzlikka, adolatga, tenglikka, muhtojlarga muruvvat qilishga daʼvat etuvchi bunyodkor kuch. Insoniyat taraqqiyoti turli millatlar va elatlar, turlicha qarashlar va turlicha diniy konfessiyalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va hamjihatlikka asoslanib rivojlanadi. Millatlararo, dinlararo mojarolarni qoʻzgʻashga intiluvchi kuchlar esa insoniyat ustidan hukmronlik qilishga, xalqlar va dinlarni oʻzlarining tarixiy ildizidan begonalashtirishga intilib keladi. Ular butun insoniyat dushmanidir. Dunyoning kelajagini taʼminlovchi, millatlar va diniy konfessiyalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik, yer yuzida tinchlik va osoyishtalik garovi boʻlgan bagʻrikenglik – xalqimizning yuksak fazilatlaridan. Shunday ekan, turli dinlarga mansub qadriyatlar asrab-avaylanayotgan, turli millat vakillariga oʻz eʼtiqodini amalga oshirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga va ular oʻrtasida qadimiy mushtarak anʼanalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgan mamlakatimizda barqaror taraqqiyotni taʼminlash, fuqaro huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, bagʻrikenglik qadriyatlari ustuvorligiga asoslangan demokratik jamiyat qurish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni birlashtirishimiz va yoshlarimiz tarbiyasiga sidqidildan yondoshishimiz har birimiz uchun ham qarz, ham farz demakdir.
Download 28.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling