Oʻzbekiston Resggublikasi oʻz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday koʻrinipshga qarshi qatʼiyat bilan kurashib kelmoqda. OʻzR koʻplab xalqaro bitimlarning , chunonchi, Xalqaro terrorizm koʻrinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning , jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1970 -yilgi Gaaga konvensiyasining , Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971-yilgi Monreal konvensiyasining , Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi 1973 - yilgi konvensiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004 - yil 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |