"Al-Qoida“ tashkiloti 1980-yillar oxirida tashkil etilgan. 1998-yil AQShning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalaridagi portlashlar va 2001-yil 11-sentyabrida Nyu-Yorkdagi teraktlardan soʻng „Al-Qoida“ jahondagi eng yirik va qudratli terrorchilik tashkiloti sifatida koʻrila boshlandi. Oʻzbekiston Resggublikasi oʻz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday koʻrinipshga qarshi qatʼiyat bilan kurashib kelmoqda. OʻzR koʻplab xalqaro bitimlarning , chunonchi, Xalqaro terrorizm koʻrinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning , jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1970 -yilgi Gaaga konvensiyasining , Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971-yilgi Monreal konvensiyasining , Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi 1973 - yilgi konvensiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004 - yil 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |