Xalqaro turizm


Download 0.67 Mb.
bet3/16
Sana24.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1059743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
portal.guldu.uz-XALQARO TURIZM

Ichki turizm — fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o'sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo'lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valutani olib kelmaydi. Shunday bo'lsa-da, mamlakat mintaqalari o'rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta'sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga lurtki beradi.
Kirish turizmi daromad olish nuqtayi nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valuta oqimini yaratadi.
9

Chiqish turizmi — biror-bir mamlakat fuqarosining o'zga mamlakatga sayohat qilish uchun kelishi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko'pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo'nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakatlar turizmi iqtisodiyotini o'rganish chog'ida uning rivojlanish yo'nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan tasniflar nuqtayi nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Xalqaro turizm — muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog'liq holda, biron-bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir.
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlardan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug'ullanadi. Mamlakatlar daromadlarini oshirish nuqtayi nazaridan u ko'proq jalb qiladi. Bu yo'nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakatga valuta oqimini, ikkinchi tomondan mazkur mamlakatda yashovchi fuqarolarning pul mablag'larini ko'paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakatda qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar, odatda, boy tabiiy resurslarga ega.
Shuni ta'kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad uchun ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, qolgan qismini tashkil qilish va o'sha manzilga yetib borish uchun sayohat vaqtida sarflanadi.
Turizmni aniqlash uchun eng awalo quyidagi asosiy qoidalarni shakllantirish lozim:
turist — bu sayohatda o'z tabiiy ehtiyojini qondirishga intiluvchi kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilida aniqlanadi. U tashrif
10
buyurish va faoliyat ko'rsatishda ishtirok etishga shaylanayotgani haqida qnrorga keladi;

  • turistik biznes — bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan nialisulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo'yicha daromad olishdan ko'zlangan biznesdir;

  • mehmondo'stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida Ohlqadi. Shuningdek, u yangi ishchi o'rinlari ochish va mintaqalar dftromadlarini ko'paytirish omili hamdir. Turizm atrof-muhitga salbiy In'sir etishi ham mumkin;

  • turizm milliy ma'muriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni 11vojlantirish omili sifatida qaraladi. Ko'p hollarda ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar (bevosita va bilvosita zararlar) unda hisobga olinmaydi.

Yuqorida aytilganlarga muvofiq, turistik faoliyat — turistlar, turistik k<и xonalar, mehmonnavozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarni joylashtirish vn xizmat ko'rsatishga ma'muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida 4:11or hodisalar va o'zaro munosabatlarni namoyon etish bilan bolgilanadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling