Xalqaro turizm


Download 0.67 Mb.
bet4/16
Sana24.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1059743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
portal.guldu.uz-XALQARO TURIZM

'lurizm — tarkibi turli xil o'xshashliklardan iborat bo'lgan mahsulot, Ml vis, xizmat ko'rsatuv obyektlari, ishlab chiqarish birligiga ega bo'lgan bnrchasi individual iste'molchiga yoki guruh iste'molchilarga Viqtinchalik, doimiy yashash joyini tark etgan va ma'lum turistik manzilda sayohat qiluvchilar tushuniladi.
Agar turizm turlarining ko'p qirraliligini yoritishga urinilsa va uni iql isodiyotning turli sohalariga ta'siri baholansa, turizmning hal qiluvchi I" Igilarini shakllantirish nechog'lik qiyinligi ravshan bo'ladi. Turizmga berilgan har bir yo'nalish turli ixtisoslashgan nashrlarda aniq vaziyat bilan bog'liq aniq muammolarni hal qilishga asoslangan. Turizmni I н l|-,i lashdagi yetishmovchilik bu industriyaning xususiyati bilan bog'liqdir.

1.3. Xalqaro turizm tasnifi


IMkan xilma-xil sayohatlar ma'lum guruhlari orasidan zarurlarini iiiiiish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko'p jihatdan tur bo'yicha xizmatlar to'plamini, narx belgilanishini taqozo etadi. Safar
I 1 iikilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, mar-kotlng va turistik biznesni boshqarish bo'yicha yetakchi faoliyat o'rnini
II \illovchi boshqa ko'plab parametrlarni belgilaydi.
11

Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo'yicha ko'proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi.
Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko'rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish (Excur­sions), sport bilan shug'ullanish (Skiinq, Divinq, Fishinq), poxodlar uyushtirish (Activity Adventure), ekzotik dam olish (Exotic Travel), tematik safar (Theme Trips, based around cultural themes inarts, his­tory, archalology, etc)lar kiradi.
Ishga doir turizmga kongressli (Conference Travel), ishga doir muzokaralar olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa pro­fessional (kasbiy) maqsadlardagi (Business Talks, ete), shop turlar kiradi.
Takliflar turi bo'yicha tasniflash. Guruh (Group) va yakka holda (FIT)gi xorijiy turizm. Turistik biznesda professional (kasb mutaxassis)lar bir-birlarini yarim so'zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. «FIT» va «Group» atamalari ko'proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn Independent Traveler ma'nosini anglatadi. Tom ma'noda — xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada — individual (yakka) turist deb ataladi. U sayohat yo'nalishi va jadvalini o'z xohishiga qarab, o'zi belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni mustaqil tashkil eta olishi ham mumkin. Masalan, Internet orqaU.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (yetkazib beruvchilar) o'z xizmatlarini yakka (individual) turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohida, tariflar bo'yicha taklif qiladilar. Yakka holdagi sayohat, odatda, guruh sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi.
Kompleks xizmat ko'rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda tur qiymatiga qo'shilgan xizmatlar to'plami qayd etilgan bo'ladi. Odatda, turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo'ladi. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko'rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo'shiladi.
Turpaketga butun yo'nalish bo'ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritiUshi mumkin. Bu yoshlar va maktab gurahlari, shuningdek, uchinchi
12
yoshdagi turistlar orasida ayniqsa, mashhurdir. Professional (kasbiy) P.id larjimonlar ekskursiyalar o'tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo'nalish bo'yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko'rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda ko'maklashadilar. Ginuhning barcha a'zolariga g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatadilar. Gid-lai jimonlar sayohat chog'ida turistlar ko'rganlarini tushuntiradilar, ular luiqida aytib beradilar.
I lammasi qo'shilgan (All-inclusive) — joylashish xizmatining alohida lini bo'lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran — inehmonxona xizmatlari to'plami bitta narxga. qo'shilgandir.
Ayniqsa, muhim mo'tabar shaxs (VlP)lar uchun turistik kompleks glzmat taklif qilish alohida katta e'tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (baland narxni)ni taqozo etadi.
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. U o'z hududiga va joylashish vositalariga ega. ЮиЬ rnijozlarining ko'ngilochish va faol dam olishi uchun tayyorlangan.
Safarni tashkil etish bo'yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan turizm 111 ristik firma tomonidan yakka yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning (gentidan turli xizmatlar to'plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi.
Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo'yicha nyiishtirilmagan yoki xususiy turizmni ko'rsatish mumkin. Xususiy Myohat turagentlikka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib beruvchidan si/inatlarni sotib olish yo'li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ha Van xususiy sayohatni «0'zboshimchalik» deb xato aytiladi.
Sayohat maqsadi bo'yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bog'liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo'ladi:

  • dam olish va rekreatsiya; ~ ijtimoiy maqsadlar;

  • ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar;

  • tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;

  • diniy (ziyorat);

  • boshqa maqsadlar.

Dam olish va rekreatsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog'lomlashtirish in iqsadlaridan iborat. U bo'sh vaqtni to'ldirish uchun sayr-tomosha va tllrii xil sport mashg'ulotlarini taklif etadi. Ba'zi asoslarga ko'ra unga
13

turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta'limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekologik turlari ham qo'shiladi.
Sayohat turizmi bilim orttirish turizmining ko'proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovor joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, san'at va boshq.).
Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma'lum maqsadga ega. Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xoh ot sporti yo'nalishi, xoh tarixiy va shaxs bilan bog'liq joyda bo'lishi uchun kelgan bo'lsin turistlarning maqsadi shular bilan bog'liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g'ayrioddiy joylashish maskanida to'xtashni istovchi birlashgan turistlar guruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi yoki dehqon uyi bo'lishi mumkin. Bu segment bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma'lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali (boshqaruvchi, noyob mutaxassislar va boshqa yuqori darajadagi kasb egalari) kishilardir.
Ta'limiy turizm. O'qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro turizmda nisbatan yangidir. Ko'proq til o'rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda. Ayniqsa, Buyuk Britaniya va boshqa ingliz tilida so'zlovchi mamlakatlarga qiziqish ortib bormoqda.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi — tanlangan sport turi bilan shug'ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo'linadi. Faol holatda qaysidir sport turi bilan shug'ullanish asosiy o'rin tutadi. Passiv holatda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir.
Sarguzasht turizmi. Bu turizm dam olishning o'ziga xos turi hisoblanadi. U turistlarni nafaqat ularni mahliyo qilgan joylarda bo'lishini ta'minlaydi, balki g'ayriodatiy faoUyat bilan ham shug'ullanishiga imkon beradi.
Ekzotik turizm. Bu turizm turi ekzotik mamlakatlarga, Tinch va Atlantika okeanlari orollariga sayohat bilan yoki g'ayrioddiy transport vositasida sayohat qilish bilan bog'liq. Keyingi yillarda o'zining g'ayrioddiyligi bilan hayron qoldiruvchi safarlar paydo bo'ldi. Hozircha eng hayratlisi va o'ta qimmatligi kosmosga uchishdir.
Ekologik turizm (ekoturizm) keyingi yillarda o'ziga diqqat-e'tiborni jalb etayapti. Yevropa va Amerika aholisi uchun qo'riqlanayotgan tabiiy hudud bo'ylab sayohat qilish dam olishning eng keng tarqalgan turlaridan
14
biri bo'lib qolmoqda. Turizm mazkur turining boshqalardan farqi sliundaki, sayohat nigohida bo'lgan tabiiy atrof-muhitga turistlar zarar yelkazmaslikka harakat qiladilar. Tabiatni muhofaza qilishga va mahalliy alioli farovonligini yaxshilashga ko'maklashadilar.
Ijtimoiy turizm — ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag' hisobiga amalga oshiriladigan sayohatdir. ijtimoiy lurizmdan maqsad daromad olish emas, balki kam daromadli kishilarni qoTlab-quvvatlash, ularning dam olishga bo'lgan huquqlarini la'minlashdir.
Ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlardagi turizm. Ayrim inehmonnavoz mamlakatlar turistik industriyasida turistlarning ikki bosh kalegoriyasidan biri — ishbilarmon sayohatchilar turg'unligiga qaratilgan holat kuzatilmoqda.
Turizm bu turining xususiyatlari shundan iboratki, ishga aloqador maqsadlarda keluvchi turistlar asosiy vaqtlarini majlislar yoki ish yuzasidan uchrashuvlarda o'tkazadilar, qat'iy dastur va tadbirlar jadvaliga amal qiladi. Ular ko'pincha o'zlarining manfaatlari bilan bog'liq o'sha bitta shaharga kelishadi. Qimmat narxdagi mehmonxonalarda lo'xtaydilar, buyurtma transportdan, ishbilarmonlar bilan uchrashuv uchun maxsus jihozlangan binolardan foydalanadilar hamda tantanali qabullar, shuningdek, yakka ekskursiyalarda ishtirok etadilar.
lshbilarmonlik turizmiga, shuningdek, rag'batlantiruvchi (insen-liv) turizm ham kiritiladi. Rag'batlantiruvchi turizm buyurtmachisi sifatida yirik korporatsiyalar chiqishadi, ular alohida o'rnak ko'rsat-gan xodimlarning guruh safarlari uchun to'lovlarni zimmalariga oladilar.
Ishbilarmon turizmida ikki yirik segment ajratiladi: yakka yoki guruh, ular ishga doir maqsadlarda sayohatga chiqishadi va turli kompaniyalar xodimlari tez-tez kompaniya ishi bo'yicha safarga boradilar. Bu keyingisi o'zida korporativ turizm deb ataladigan safarlarni namoyon etadi.
Tanishlar va qarindosh-urug'Iarnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko'rsatishicha, sayohatning bu turi o'zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo'lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir.
Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo'msash — sog'inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlarni do'stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog'liq bo'lib, xalqaro turistik almashinishda
15

muhim o'rin egallaydi. Odatda, bozorning bu segmentida ishlashga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi.
Diniy (ziyorat) turizm hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:

  • ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish);

  • bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorhklar va boshqalar bilan tanishish);

  • ilmiy safar din bilan shug'ullanuvchi tarixchi va boshqa mutaxassislarning safari.

Harakatlanish usullari bo'yicha tasniflash. Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog'liq holda turizmni aviatsion, temiryo'l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedh turlarga ajratish mumkin.

Nazorat savollari




  1. Download 0.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling