Xalqaro turizm
Download 0.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-XALQARO TURIZM
Birinchidan, turistlarni qabul qilish uchun zarur ma'lum xizmatlar lo'plami mavjudligi, bu shunday xizmatlar to'plami bo'lishi kerakki, turistga mahsulot takhTqilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo'lsin. Bunday to'plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda l uristlarni tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda; yetarli darajada xizmat ko'rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.) joylari. Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovor joylarning mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o'rtasida raqobat vujudga kcladi. Qancha ko'p yangi narsalarni tomosha qilish, miriqib sayr qilish, hordiq chiqarish imkoniyati bo'lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi. Uchinchidan, turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir. Shunday qilib, destinatsiya — bu ma'lum xizmatlar taklif qiladigan, luristning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan lerritoriya yoki manzildir. 7 Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo'lishi mumkin. Birlamchi destinatsiya o'zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga chorlaydi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad — bu qiziqishni ma'lum, yetarli, uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat. Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo'lda to'xtash) birinchi destinatsiyaga borish yo'lida to'xtalmasa bo'lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyaning asosiy vazifasi turistlarni bir-ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. 1.2. Turizm turkumlari Turizm sohasi — ko'pqirrali hodisa bo'lib, u ko'pgina shakllarda namoyon bo'ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko'p ta'riflari uchraydi. Ammo turizm konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish uchun iloji boricha quyidagi savollarni albatta tahlil etish zarur: turizmni o'rganish maqsadida — turizm fenomeni (hodisa) tahlili birinchi galda bu fenomen nimalarni o'z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab etiladi; statistika maqsadlari uchun — turizm fenomenini o'lchash uchun uni juda ham aniqlikda belgilash lozim. Turizmni boshlang'ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti professorlari Gunziker va Krapaf (Shvetsariya) tomonidan amalga oshirildi va keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog'ida vujudga keladigan o'zaro munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. U hali doimiy bo'lishga olib kelgani yo'q va biror-bir foyda olish bilan bog'liq emas. Vaqt o'tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda ishbilarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysiki, doimiy bo'lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko'rishni xayoliga keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. Ya'ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo'lgan chog'i, sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga yetib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan chetda bir yildan ortiq bo'lmagan davrdagi faoliyatidir» (BIT). Ular orasida turizmning besh xil ta'rifi konseptual aniqlanishi zarur: • turizm odamlarning mo'ljallangan turistik manzillar sari 8 harakatlanishi natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to'xtashidir; •turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o'z ichiga oladi: ko'zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda to'xtash, joylashish va ovqatlanish hamda boshqa ehtiyojlarni c|ondirishni ko'zda tutadi; •sayohat turistning doimiy yashash joyidan — mamlakatdan (hudud, yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi; •turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik hisoblanadi. Ya'ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan keyin qaytib keladilar; odamlar turistik joylarga turU maqsadlarda tashrif buyuradilar, doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko'zda tutmaydi. Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag' resurslari va individuanarning bir vaqtlariga bog'liq faoliyatida namoyon bo'ladi. Ta'kidlash zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo'yicha sabablardan biri bu — sayr, tomosha va kundalik tashvishlardan xoli bo'Ush hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning ko'zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, ular ham mamlakatda, ham undan tashqarida bo'lishadi. Ko'pincha sayohat chilar soni mahalliy aholi soni bilan taqqoslanadi, ular tashrif huyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi). Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o'z ichiga oladi. Lekin sayohatning ham ma turi ham turizm bo'lavermaydi. BIT tavsiyalariga ko'ra, turistlar hammasi l ashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar tashrif buyuruvchilar hisoblanadi. Turizm ta'rifini to'laroq belgilash uchun BIT turizm turlari bo'yicha quyidagi tasnif (tasnif)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish lurizmi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling